TATUda Qirg’izistonlik maktab o’quvchilar uchun ochiq eshiklar kuni o’tkazildi

  • Asosiy
  • TATUda Qirg’izistonlik maktab o’quvchilar uchun ochiq eshiklar kuni o’tkazildi

20-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Qirgʻiziston Respublikasining Botkent viloyati oʻrta maktab oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

Qo’shni mamlakat o’quvchilariga bugungi kunda universitatning ilmiy salohiyati, talabalar hayoti, o’quv jarayoni, labaratoriyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari, maktab o’quvchilari ushbu Oliygohga o’qishga kirishlarini xohlashsa, albatta, yana-da keng imkoniyatlar yaratilib berilishi aytib o’tildi.


Shuningdek, ochiq eshiklar kunida Qirgʻiziston Respublikasining “Nur elet” Yoshlar ittifoqi aʼzolari ham ishtirok etishdi.

TATU matbuot xizmati