Malayziya Texnologiyalarni Rivojlantirish Korporatsiyasi direktori bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

  • Asosiy
  • Malayziya Texnologiyalarni Rivojlantirish Korporatsiyasi direktori bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

29-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Malayziyaning O'zbekistondagi Elchixonasi vakili hamda Malayziya Texnologiyalarni Rivojlantirish Korporatsiyasi (MTDC) direktori F. Nizar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.


Muzokaralar chog'ida joriy yilning 24-28-iyun kunlari bo'lib o'tadigan Malayziya texnologik hamkorligi dasturi doirasida tashkil etilgan "MTSI-MTDK savdo-sotiq ekotizimi hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha seminar" anjumaniga TATU rahbariyati  ham  taklif etildi.


TATU matbuot xizmati