Talabalar bilan mehnatga oid normalar haqida suhbat o‘tkazildi

  • Asosiy
  • Talabalar bilan mehnatga oid normalar haqida suhbat o‘tkazildi
30 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlar o‘rtasida “Mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar prokraturasi bo‘lim prokurori M.D.Noyobjonov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat mehnat huquq inspeksiyasining mas’ul hodimi E.X.Saidov, MATI prorektori X.Umarov, professor-o‘qituvchilar va 380 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda O‘zbekistonda mehnat sohasida olib borilayotgan islohotlarga keng to‘xtaldi. Ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ xujjatlar bilan tartibga solinishi, Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati hakida keng tushuncha berib o‘tildi.