Sen aziz va muqaddassan ayol!

  • Asosiy
  • Sen aziz va muqaddassan ayol!

7-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tantanli madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati tomonidan barcha ayol professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-qizlar bayram bilan tabriklandi. Tadbirda 30 nafardan ortiq ayol professor-oʻqituvchilar hamda xodimlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.


Tadbir davomida universitet talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan musiqali chiqishlar bayramga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

TATU matbuot xizmati