Hurmatli professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar!

  • Asosiy
  • Hurmatli professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar!

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi “Yosh olimlar kengashi” bilan hamkorlikda joriy yilning 17-aprel kuni kichik majlislar zalida soat 14:00 da boʻlib oʻtadigan Konkordiya universiteti (Fransiya) professori Ahmed Seffahning “Living Lab, A place for Co-Creation” mavzusidagi hamda soat 15:00 da intellektual mulk agentligi xodimining “Intellektual mulk sohasida intellektual va ijodiy faoliyat natijalarini huquqiy himoya qilish masalalari” mavzusida boʻlib oʻtadigan maʼruzaga taklif qilamiz!

Kun tartibi:

1. Konkordiya universiteti (Fransiya) professori Ahmed Seffahning “Living Lab, A place for Co-Creation” mavzusidagi maʼruzasi

2. Intellektual mulk sohasida intellektual va ijodiy faoliyat natijalarini huquqiy himoya qilish masalalari mavzusidagi maʼruza Intellektual mulk agentligi vakili

TATU matbuot xizmati