TATUda Asosiy Qomusimizning 26 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi

  • Asosiy
  • TATUda Asosiy Qomusimizning 26 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi

6 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan “Qomusimiz - baxtimiz” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori T.Teshabayev, prorektorlar, professor-oʻqituvchi va talabalar ishtirok etdilar. Rektor tabrik soʻzidan soʻng, Gumanitar fanlar kafedrasi professori dotsenti Baxtiyor Omonov – “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – demokratik islohotlarning mustahkam negizi” mavzusida maʼruza qildi.

Ushbu tantanali tadbirda ishtirok etgan Maxsus avariya tiklash boshkarmasi 15361-sonli harbiy qism qoshidagi “Impuls” harbiy vokal cholgʻu ansambli jamoasi oʻzining musiqiy chiqishlari bilan tadbirga oʻzgacha fayz kiritdi

Tadbir davomida bayramga qoʻshaloq tuhfa sifatida 2018 yil natijalariga koʻra, Beruniy hamda Islom Karimov Davlat stipendiyasi bilan taqdirlangan 4 nafar iqtidorli talabalarga stipendiya guvohnomalari topshirildi.