KOICA tashkiloti TATUda yirik loyiha amalga oshiradi

  • Asosiy
  • KOICA tashkiloti TATUda yirik loyiha amalga oshiradi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan qiymati 3 mln. AQSh dollari miqdorida “Integrallashgan ta’lim axborot tizimini joriy qilish va kengaytirish” loyihasini amalga oshirmoqda.

TATUning asosiy binosi va Samarqand filialida integrallashgan ta’lim axborot tizimini joriy qilish orqali ta’lim tizimi sifatini oshirish hamda o‘quv ishlarni yanada samaradorligiga erishish rejalashtirilgan. Loyiha 2018 yildan 2021 yilgacha davom etadi. Loyihaning Biznes rejasi (ISP/BPR) ishlab chiqilgan. Shuningdek, uchrashuvda kelgusida qanday ishlar amalga oshirilishi to‘g‘risida ham batafsil kelishib olindi.