TATUda “Yoshlarning ma’naviy intellektual salohiyatini oshirishda kitob va kitobxonlikning o‘rin” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

  • Asosiy
  • TATUda “Yoshlarning ma’naviy intellektual salohiyatini oshirishda kitob va kitobxonlikning o‘rin” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xam ushbu muhim yo‘nalishlarda tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, To‘rtinchi tashabbus: yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha 30 may kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Mehnat faxriysi Norqul Bekmirzayev bilan “Yoshlarning ma’naviy intellektual salohiyatini oshirishda kitob va kitobxonlikning o‘rin” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida talaba-yoshlarga mamlakatimizda amalga oishirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyati, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish yuzasidan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tildi.