TATUda “O‘rnatilgan tizimlar” o‘quv va ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi

  • Asosiy
  • TATUda “O‘rnatilgan tizimlar” o‘quv va ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi

Kompyuter injiniringi fakulteti “Kompyuter tizimlari” kafderasida “O‘rnatilgan tizimlar” o‘quv va ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi.

Ushbu laboratoriyani ochilish marosimida TATU rektori T.Teshabaev, AKT sohasi bo‘yicha maslahatchi Igor Nikolaevich, “IT Park” direktori maslahatchisi Govindasvami Partasarti, TATU ilmiy ishlab bo‘yicha prorektor K.Toshev, Kompyuter injiniringi fakulteti dekan D.Yaxshiboev, Kompyuter tizimlari kafedrasi professori M.Musaev va universitetimizning bir qator professor o‘qituvchilari va talabalari qatnashdi.

O‘rnatilgan tizimlar laboratoriyasi - “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi” xisobidan moliyalashtirib tashkil etilgan bo‘lib, asosan o‘rnatilgan va real vaqt tizimlari sohalarida o‘quv, ilmiy va amaliy ishlarni bajarishga mo‘ljallangandir.

“O‘rnatilgan tizimlar” o‘quv va ilmiy laboratoriyasi kelajakda ochiq onlayn o‘quv kurslarini tashkil etish, dasturiy vositalar ishlab chiqarish, apparat-dasturiy vositalarni loyihalashtirish kabi maqsadlarni rejalashtirgan.


TATU matbuot xizmati