TATUda “Kelajak - yoshlar qo’lida” va “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” kabi mavzularda davra suhbati o’tkazildi

  • Asosiy
  • TATUda “Kelajak - yoshlar qo’lida” va “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” kabi mavzularda davra suhbati o’tkazildi

Yoshlar - kelajak bunyodkori. Ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik - ertangi kun poydevoridir. Shu bois mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarish, islohot va yangiliklar zamirida yoshlar manfaati yetakchi o‘rinni egallaydi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va hamkor tashkilotlar bilan “KELAJAK - YOSHLAR QO’LIDA” VA “MUSTAHKAM OILA - JAMIYAT TAYANCHI” kabi mavzularda davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi eksperti J.T.Shermuxamedova, “Oila” ilmiy-amaliy markazi Yunusobod tumani rahbari I.Ashrapova, O‘zbekiston XDP Yunusobod tuman kengashi raisi R.T.Abdukadirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yunusobod tuman kengashi raisi o‘rinbosari O.Sh.Dehqonov ma’ruza bilan ishtirok etdi.