TATUda O'zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda "Kasbiy Rivojlanish Markazi"ning ochilishi

Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 26.10.2018 dagi 87-03-36-76-sonli xatiga binoan, ingliz tilini oʻrganish va oʻqitish soxasidagi doimiy hamkorlikni rivojlantirish va kelgusida qoʻllab quvvatlash maqsadida Muhammad al-Horazmiy nomidagi TATU “Chet tillar” kafedrasi Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi (British Council Uzbekistan) bilan xamkorlikda TATU “Chet tillar” kafedrasi qoshida Universitet oʻqituvchilari uchun Kasbiy rivojlanish markazi (Professional Development Sentre) ning ochilish marosimini oʻtkazdi.

Kasbiy rivojlantirish markazi ochilish marosimida Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashidan vakil sifatida O.G.Kim va TATU ilmiy ishlar boʻyicha prorektor K.A.Tashev, AKT soxasida iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani Sh.Sh.Toʻrayev, shuningdek “Chet tillar” kafedrasi aʼzolari ishtirok etishdi.

Tadbirda Kasbiy rivojlantirish markazi uchun Britaniya Kengashi tomonidan zamonaviy oʻquv adabiyotlari taqdim etilganligi va kelgusida turli seminar va treninglar tashkillashtirishda yanada xamkorlikni kuchaytirish borasida soʻz bordi. Shuningdek, oʻqituvchilar uchun ingliz tilida Suxbat klubi (Speaking Club) va Kitobxon klubi (Readersʻ Club) yigʻilishlari oʻtkazilishi rejalashtirildi.