TATUga Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • TATUga Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi tashrif buyurdi

Joriy yilning 3 – dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Santosh Jha tashrif buyurdi. Janob Santosh Jha TATU rektori T.Teshabayev bilan uchrashdi va universitetda bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ilmiy va amaliy ishlar haqida ma’lumot berildi.  

 

Uchrashuv chog‘ida bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda AKT mutaxassialariga talab yuqoriligi, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning mamlakat iqtisodiy– ijtimoiy hayotidagi muhim o‘rni borasida fikrlar almashildi.

 

Shundan so‘ng, Janob Santosh Jha universitetda yaqinda ochilgan talabalar o‘quv–media laboratoriyasini hamda TATU huzuridagi Javoharlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markaziga tashrif buyurib yaratilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishib chiqdi va ikkala tomon istiqbolda hamkorlik borasida fikr almashdilar.

TATU matbuot xizmati