Hamkorlik uchrashuvi

30 mart Toshkent axborot texnologiyalar universitetida Respublikamizda Axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va televidenie va radioeshittirish sohasida faoliyat olib borayotgan «INVERSON TECHNOLOGIES SA» va «MEDIABAY»  korxonalari rahbarlari va mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi. 
Uchrashuvdan asosiy maqsad: o‘quv jarayonini takomillashtirish, istiqbolli o‘quv rejalarni amaliyotga tadbiq etish va korxonadagi zamonoviy texnika imkoniyatlari bilan universitet profesor-o‘qituvchilari va talabalarini tanishtirish, zarur hollarda o‘quv jarayoniga korxonalar mutaxassislarini jalb qilish, iqtidorli talabalar tanlash va ularni korxonalar ehtiyojidan kelib chiqqan holda kelishilgan dastur asosida maqsadli o‘qitish, korxonalar yetuk xodimlari tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun master-klasslar tashkil qilishdan iborat edi. Uchrashuv so‘nggida korxonalar tomonidan universitetning "Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasida o‘quv jarayonini yangi texnologiyalar asosida o‘qitishni yanada samarali tashkil etish maqsadida televizor sovg‘a qilindi.
 

Hamkorlik uchrashuvi