Faxriylar bellashuvi

Faxriylar bellashuvi

2015-yil "Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O`zbekiston  Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga  kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalarining rahbarlari hamda katta yoshdagi xodimlaridan tuzilgan jamoalar o`rtasida mini-futbol bo`yicha ko`chma kubok Respublika musobaqalari tashkil qilindi.

Name

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mezbonlik qilgan mazkur musobaqada 16 jamoa 4 guruhga bo`lingan holda ishtirok etdi. 3 kun davom etgan bellashuvlar ancha qiziqarli kechdi. Musobaqaning guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o`tib, pley-off bahslarida g`alaba qozongan Buxoro hamda Namangan viloyati jamoalari final yo`llanmasiga ega bo`ldi. Hal qiluvchi uchrashuvda vodiyliklar 6:0 hisobida g`alaba qozonishdi.

Name

 3-o`rin uchun kechgan bahsda esa Toshkent viloyati va Toshkent shahri jamoalari o`zaro ro`baro` keldi. Unda 4:2 natijasi bilan ustun kelgan Toshkent viloyati vakillari bronza medallarni qo`lga kiritishdi. Musobaqa yakunida turnir tashkilotchilari tomonidan qatnashchilarga medal, diplom va qimmatbaho sovg`alar topshirildi. 1-o`rinni egallagan Namangan viloyati jamoasi bosh sovrin – ko`chma kubokni qo`lga kiritdi. 

Name

Shu o`rinda aytish kerakki, mazkur mini-futbol musobaqasi faxriylar o`rtasida muntazam ravishda o`tkazib kelinadi.

 

Akmal ALIMARDONOV

TATU talabasi