ELIM

ELIM 
Bu el qorni yoqar topib qalovini,
O‘chog‘idan hech o‘chirmas olovini,
Baland tutar tug‘i bilan yalovini,
Olislarga qarab borar karvoni bor,
Sheryurakli biling dono sarboni bor!

Bir bolani yetti ko‘cha bolam deydi,
Qizlarini erkalab, jon - onam deydi.
Bog‘lariyu tog‘larini dalam deydi,
Olislarga qarab borar karvoni bor,
Sheryurakli biling dono sarboni bor!

Noz-ne’matga to‘la doim dasturxoni,
Biling, katta davlatidir bolajoni,
Boylikka kon, qiru, dashtu ham yoboni,
Olislarga qarab borar karvoni bor,
Sheryurakli biling dono sarboni bor!

 O‘ti bordir, biling, xalqning yuragida,
Tinchlik doim orzusida, tilagida,
Polvonlik bor o‘g‘lonlari bilagida,
Olislarga qarab borar karvoni bor,
Sheryurakli biling dono sarboni bor!
 

Shoir Nasriddin Botirov