“Shoh va shoir bobomiz” maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

  • Asosiy
  • “Shoh va shoir bobomiz” maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

14-fevral kuni buyuk davlat arbobi, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1-sonli Talabalar turar joyida “Shoh va shoir bobomiz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.


Ushbu tadbir universitetning faol va iqtidorlitalabalari tomonidan tashkillashtirildi. Tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan naʼmunalar keltirildi. Boburning hayoti va ijodiga bagʻishlangan P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan olingan sahna koʻrinishlari, shuningdek, Oʻzbekiston Davlati sanʼat va madaniyat instituti va Xoreografiya Oliy maktabi talabalari tomonidan tayyorlab kelingan tarona va raqslari namoyish etildi.