Talabalik muborak!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 4 sentyabr kuni 1-kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib olish marosimi oʻtkazildi. Marosimda universitet rektori T.Teshabayev, barcha prorektorlar, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari, universitetda koʻp yillar faoliyat yuritgan professor-oʻqituvchilar ishtirok etdilar.

Biz barcha 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabriklab, oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!


TATU matbuot xizmati