TATUda Beihang davlat universiteti professor-o'qituvchisi sun'iy yo'ldosh texnologiyalari bo'yicha seminar-trening o'tkazdi

  • Asosiy
  • TATUda Beihang davlat universiteti professor-o'qituvchisi sun'iy yo'ldosh texnologiyalari bo'yicha seminar-trening o'tkazdi

Joriy yilning 6 - noyabr kuni "Informatika va kommunikatsion texnologiyalar 2019" (ICISCT 2019) nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasning Beihang davlat universiteti (Pekin aviatsiya va kosmonavtika universiteti) professor-o'qituvchisi TATUning professor-o'qituvchilar, talabalar va magistrantlari uchun kosmik tadqiqotlarda CubeSat - sun'iy yo'ldosh texnologiyalari bo'yicha seminar-trening o'tkazdi.


Seminar mavzusi talabalarda katta qiziqish uygʼotdi va seminar-trening jonli muhokamalarga aylanib ketdi. Beihang davlat universitetidan tashrif buyurgan professorga talabalar oʼzlarining qiziqtirgan savollarini berishdi.

Shuningdek, konferensiya doirasida TATU va Beihang davlat universiteti o'rtasida sun'iy yo'ldosh texnologiyalari boʼyicha o'qituvchilar tayyorlash va malakasini oshirish, o'quv kurslari, o'quv va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, talabalar almashinuvi bo'yicha o'zaro hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi.



Maʼlumot oʼrnida aytish joizki, Beihang davlat universiteti dunyoning Top-500 universitetlari reytingiga kiradi va aviatsiya va kosmonavtika boʼyicha dunyo tan oladigan darajadagi keng qamrovli ilmiy ishlarni amalga oshirmoqda.

TATU matbuot xizmati