“Baron” filmi ijodkorlaridan master-klass.

  • Asosiy
  • “Baron” filmi ijodkorlaridan master-klass.

Bugungi kunda inson hayotidagi dolzarb muammolardan biri bu narkomaniyadir. Narkomaniya na qonun, na davlat chegarasini bilmaydigan, insoniyatga ayniqsa yosh avlodga jiddiy zarar yetkazuvchi balodir. Davlatimiz, shahsan Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidan narkomaniya bilan kurashga katta e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatimizda narkomafiya bilan kurash ketayotgan davrda, "Baron” badiiy filmining yaratilishi muhim voqea bo‘ldi.
Joriy yilning 24-fevral kuni "Televizion texnologiyalar” fakulteti «Telestudiya tizimlari va ilovalari» kafedrasi tomonidan "Baron” badiiy filmining ijodkorlari bilan master-klass bo‘lib o‘tdi. Unda film rejissyori Rustam Sa’diyev, filmda ichki ishlar xodimi obrazini yaratgan taniqli aktyor Javohir Zokirov, Toshkent shaxar Bodibilding federatsiyasi raisi, hamda akter Xabibullo Nizomov kabi film ijodkorlari ishtirok etdilar.
"Televiion texnologiyalar” fakultetining "Televizion texnologiyalar” ("Audiovizual texnologiyalar”, "Telestudiya tizimlari va ilovalari”), "Kinoteleoperatorlik”, "Mahsus yoritish texnologiyalari”, "Audio video texnologiyalar”, "Kompyuter grafikasi va dizayn” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ushbu film ijodkorlaridan master-klass davomida, o‘zlari qiziqqan savollarga javoblar va bo‘lajak kasblarida kerak bo‘ladigan qimmatli maslahatlarni olishga muyassar bo‘ldilar.


“Baron” filmi ijodkorlaridan master-klass.

 

“Baron” filmi ijodkorlaridan master-klass.

 

“Baron” filmi ijodkorlaridan master-klass.

 

“Baron” filmi ijodkorlaridan master-klass.

 

“Baron” filmi ijodkorlaridan master-klass.