Andijon viloyati o‘quvchilari TATUda

  • Asosiy
  • Andijon viloyati o‘quvchilari TATUda

8 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi 40-maktab internatning 11-sinf o‘quvchilari (21 nafar) tashrif buyurdi.

O‘quvchilarga Ucell, Bilayn, Uzmobayl, Robototexnika laboratoriya xonalari, Elektron kutubxonalar va yaqindagina ochilgan Media markaz faoliyati tanishtirilib, faoliyati yuzasidan tushunchalar berildi. O‘quvchilar tashrifi davomida universitet rektori T.Teshabayev bilan davra suhbati ham tashkil etildi.