Pochta aloqasi texnologiyasi

Kafedra mudiri:

Otaqo’zieva Zuhra Maratdaevna., i.f.n., dotsent

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (16:00-18:00)
Telefon: (0 371) 238-65-96, 238-64-51

Kafedra tarixi

“Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasi 1999 yilda “Pochta xizmatini avtomatlashtirish” nomi bilan tashkil etilgan. Kafedrani tashkil etishda, o’quv rejalari, fanlar namunaviy dasturlarni yaratishda,mutaxassislik fanlari buyicha adabiyotlar bilan ta’minlashda va kompyuterlar bilan jixozlangan sinfni yaratishda uning birinchi mudiri katta o’qituvchi R.G.SHegayning (1999-2003 yy. rahbarlik qilgan) xizmatlari katta bo’ldi.

U “O’zbekiston pochtasi” DAK va uning joylardagi filiallari bilan yaxshi aloqalar o’rnatdi. 2003 yildan 2005 yilgacha kafedraga pochta xizmati korxonalarida ish tajribasiga ega bo’lgan, texnika fanlari doktori, professor N.A.Mo’minov mudirlik qildi. 2005-2008 yillarda kaferdani f.m.f.n., dotsent G’.Ibragimov boshqardi.

Kafedra “Pochta aloqasi texnologiyasi” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 2003 yilda kafedraning birinchi bitiruv tarkibida 37 bakalavrlar bo’lgan. 2017 yilda kafedra 5350500 – «Pochta aloqasi texnologiyasi» yonalishi boyicha 66 nafar  bakalavrlarni, 5А350501 – «Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi» magistratura mutaxassisligi boyicha 2 nafar magistr tayyorlagan.

2008 yildan kafedrani texnika fanlari nomzodi, dotsent M.M.Maxmudov boshqardi. Shu davr ichida kafedrada kompyuter sinfni jihozlash, namunali pochta bo’limin tashkil qilish hamda “O’zbekiston pochtasi” AJ mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil qilish bo’yicha katta hajmda ishlar qilindi. 2009 yilda Ilmiy-texnik va marketingtadqiqotlar markazi direktorining 2009 yil 20 mart 73-K bo’yrug’iga binoan kafedraning katta o’qituvchisi E.T.Ishdavletova, A.S.Popov nomli Odessa milliy aloqa akademiyasi qoshidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarda tahsil oldi.

2013 yilda kafedra Moskva informatika va aloqa kolleji hamda Minsk oliy davlat aloqa kolleji bilan tajriba almashish bo’yicha xalqaro munosabatlar o’rnatildi. Hamkorlik natijasida “Pochta aloqasi texnologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha chet el mualliflarining o’quv qo’llanmalar olingan va kafedra o’qituvchilari xalqaro konferentsiyalarida ishtiroki ta’minlangan.

2013 yil sentyabr oyidan “Pochta xizmatini avtomatlashtirish” kafedrasi nomi o’zgartirildi va hozirda “Pochta aloqasi texnologiyasi” deb nomlanadi.

2013 yildan 2016 yilgacha kafedraga iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Bazarov Furqat Odilovich rahbarlik qildi. SHu yillar mobaynida bakalavriatning ta’lim yo’nalishi 5350500 – Pochta aloqasi texnologiyasi hamda 5A350501 – Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi magistratura mutaxassisligi uchun yangi Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi. Bu yillarda kafedra tomonidan “O’zbekiston pochtasi” AJ hamda DUK “Unicon.uz” bilan hamkorlikda xo’jalik shartnomlar asosida ishlar olib borildi.

2016 yildan hozirgi davrga qadar «Pochta aloqasi texnologiyasi» kafedrasini iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Otaqo’zieva Zuhra Maratdaevna boshqarmoqda. Otaqo’zieva Z.M. darslik, bir qator  o’quv qo’llanmalar, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Uning ilmiy maqolalari Portugaliya, Polsha, Germaniya, AQSH, Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlarda chop etilgan. Otaqo’zieva Z.M. «Ecologiya va hayot havfsizligi Xalqaro akademiya» azosi, har yili turli xalqaro anjumanlarda ishtirok etib keladi (Xalqaro aloqa akademiyasi, Sankt-Peterburg davlat telecommunicasiyalar universiteti).

Bugungi kunda Otaqo’zieva Z.M. 2016 yil 1-yanvardan TDIU doctaranturasida  mustaqil tadqiqotchi sifatida qabul qilinib, 08.00.14 “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari» ixtisosligi bo’yicha «O‘zbekiston korxonalarida zamonaviy AKT larni tatbiq etish muammolari va ularning rivojlanishida axborotlashgan iqtisodiyotning roli» nomli doktorlik dissertasiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda.

Toshkent aloqa kasb-xunar kolleji va axborot texnologiyalari akademik litseyida kafedra o’qituvchilari tomonidan “Pochta aloqasi texnologiyasi” yo’nalish bo’yicha tahsil olayotgan o’quvchilar uchun muammoli ma’ruzalarni oqish reja asosida o’tqazilib kelinmoqda.

Kafedra o’qituvchilari kafedra ilmiy mavzusi bilan bog’liq muammolarga bag’ishlangan seminarlar hamda xalqaro, respublika ilmiy-texnik va ilmiy-metodik konferentsiyalarda ishtirok etib kelishmoqda. Misol uchun, ТATU rectorining buyrugiga asosan, 2017 yilning 1-2mart kunlari Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo’lib o’tgan «Fan va talimda infokommunikasiyalarning dolzarb muammolari» deb nomlangan VI Xalqaro ilmiy-texnik va ilmiy-uslubiy anjumanda kafedra mudiri Otaqo’zieva Z.M. va Kudryavtseva L.V. o’z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

 2018 yil 18-19 oktyabr kunlari  Belorussiya Respublikasining Minsk shaxrida, Belorussiya davlat aloqa akademiyasida akademiyaning 25– yilligi munosabati bilan «Sovremennie sredstva sveazi» XXIII xalqaro ilmiy-texnik anjuman otkazildi.

Belorussiya davlat aloqa akademiyasining ushbu anjumanida Xitoy, Polsha, Litva, Kazaxstan, Azarbayjon, Togikiston va boshqa davlatlardan vakillar qatnashib, maruzalar qildilar. Anjumanda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUdan “Pochta aloqasi texnologiyasi”  kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Otaqo’zieva Z.M. qatnashdi va akademiyaning 25 yilligi bilan universitet nomidan qutlab, maruza qildi. Bundan tashqari, 17- oktyabr 2018 yil sanasi bilan Belorussiya davlat aloqa akademiyasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Тoshkent axborot texnologiyalari ortasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Bundan tashqari, kafedra o’qituvchilari tomonidan maxsus va ilmiy-ommabop respublika va xorijiy  jurnallarda ilmiy maqolalar muntazam ravishda chop etilmoqda.

Shuningdek, kafedraning professor-oqituvchilari  «Ozbekiston pochtasi» AJ bilan birgalikda har yili talabalarga «Xalqaro pochtamp» и «Toshkent pochtamti» filiallari bilan birgalikda muammoli maruzalar uyushtiradilar, MCHJ «BTS Express Cargo Servis» va «EXPRESS MAIL UNIVERSAL» pochta-kuryerlik kompaniyalari bilan uchrashuvlar uyushtiradi.

"BTS EXPRESS CARGO SERVIS" МЧЖ direktori Jorabek Turdiyevning kafedraning professor-oqituvchilari  va 3-4 bosqich 5350500 – Pochta aloqasi texnologiyasi yo’nalishi  talabalari bilan uchrashuv.

Bakalavriat

5350500

Pochta aloqasi texnologiyasi

Magistratura

5A350501

Pochta aloqasini tashkil etish va texnologiyasi

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Pochta aloqasida xavfsizlik va sifat
  • Pochta aloqasini avtomatlashtirish
  • Logistika asoslari
  • Trasport tizimlarida logistika
  • Pochta xizmati reglamenti
  • Biznes jarayonlari va elektron xujjat aylanish tizimi
  • Logistikaning iqtisodiy va matematik usullari
  • Zamonaviy pochta aloqasi
  • Xizmatlar sohasida logistika
  • Pochta aloqasida marketing
  • Bank xizmatida tijorat faoliyati va asoslari
  • Logistika markazlarini loyihalashtirish
  • Inson resurslari boshqaruvi
  • Pochta aloqasida xodimlarni boshqarish
  • Mutaxassislikka kirish
  • Pochta infrastrukturasi
  • Pochta texnologiyasi
  • Pochtani loyihalash
  • Iqtisodiyot
  • Logistika
  • Axborot tizimlari

Magistratura

  • Sifat boshqaruv tizimlarini loyihalashtirish
  • Pochta aloqasida IT-menejment
  • Pochta aloqasida innovatsion texnologiyalar
  • Xalqaro pochta aloqalari
  • Pochta va logistika injineriyasida ilgor texnologiyalar
  • Taqsimotni rejalashtirish

Kafedra professor-o’qituvchilari

  • Otaqo’zieva Zuhra Maratdaevna
  • Nazarova Gulchexra Nurmuhamedova
  • Ishdavletova Emma Talgatovna
  • Kudryavtseva Lyubov Vasilevna
  • Aytmuxamedova Tamara Kalmaxanovna
  • Raximova Sevara Gayratovna
  • Mamatqulov G‘ulom Rustamovich
  • Niyozov Maruf Sharifovich
  • Abirova Nargiza Shavkatovna
  • Xakimova Shaxnoza Nurullayevna

Kafedraning ilmiy-uslubiy ishlari

  • Otakuzieva Zuxra Maratdaevna – Axborotlashgan iqtisodiyot (Darslik). – T.: «Aloqachi», 2017, 420 b. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. ISBN 978-9943-5033-1-1
  • Otakuzieva Zuxra Maratdaevna – Sbornik zadach po mikroekonomike s resheniyami.- T.: «Aloqachi», 2017, 216 s.ISBN 978-9943-326-85-9
  • Otakuzieva Zuxra Maratdaevna – Makroiqtisodiyot (o‘quv qo‘llanma). – T: «Aloqachi», TATU, 2017 y. 402 b.
  • Otaqo‘zieva Z.M., Nazarova G. N., Raximova S.G‘. Bitiruv ishini yozish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma 2018 y. TATU “Muharrirlik nashr” bo‘limi, 26 bet
  • Kudryavseva L.V. - Proektirovanie logisticheskix sentrov, 2018 y. TATU “Muharrirlik nashr” bo‘limi
  • Ishdavletova E.T. - Upravlenie informatsionnimi resursami, 2018 y. TATU “Muharrirlik nashr” bo‘limi

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari

2018yil boshidan kafedrada davlat granti asosida 3 yillik BV-Atex-2018-271 “O‘zbekistonda zamonaviy AKTlarni tatbiq etish muammolari va unda axborotlashgan iqtisodiyotning o‘rni» deb nomlangan amaliy loyiha bajarilmoqda (loyihaga 250 mln.sum ajratilgan).

2018 yil 7 dekabr kuni "Pochta aloqasi texnologiyasi" kafedrasi tomonidan "BV-Atex-2018-271 "O'zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni tatbiq etish muammolari va unda axborotlashgan iqtisodiyotning o'rni" loyihasi doirasida "O'zbekiston korxonalarini rivojlantirishda axborotlashgan iqtisodiyotining o'rni" mavzuga bag'ishlangan ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi.

Ushbu seminar-davra suhbatini tashkil etishdan maqsad, O'zbekiston korxonalarini rivojlantirishda axborot almashinuvi va ularning korxona uchun ahamiyati, axborot iqtisodiyotining o'rnini ko'rsatib berish, shuningdek, korxonalarda axborotlashgan iqtisodiyotni faol qo'llash bo'yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.

Seminarda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

- axborot (raqamli) iqtisodiyotni rivojlantirishda davlatning o'rni;
- respublika korxonalari faoliyatida IT ning o'rni va ahamiyati;
- respublika korxonalari faoliyatida axborot (raqamli) iqtisodiyotining o'rni;
- korxonalar faoliyatida axborot (raqamli) texnologiyalarni qo'llashning nazariyasi va amaliyoti.

Seminarda "O'zbekiston pochtasi" AJ kadrlarni boshqarish bo'limi boshlig'i T.A. Ho'jaqulov; UNICON.UZ ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi Pochta aloqasi tadqiqot bo'limi boshlig'i, G.S.Abdulazizova, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialining dotsenti Sh.I.Boboxuzhaev; Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TUIT professori, t.f.n. A.A.Tulaganov; Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TUIT dosenti, f.m.f.n. A.M.Abdullayev; "Pochta aloqasi texnologiyasi" kafedrasi mudiri, dotsent, i.f.n. Z.M. Otakuzieva; TDIU qoshidagi "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish muammolari va ilmiy asoslari" ilmiy-tadqiqot markazining bo'lim boshlig'i o'rinbosari Sh.G. Akramova; TDIU qoshidagi "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish muammolari va ilmiy asoslari" ilmiy-tadqiqot markazining kichik ilmiy tadqiqotchisi D.B. Iskandarova; "Pochta aloqasi texnologiyasi" kafedrasi dosenti, t.f.n.G.N.Nazarova, "Pochta aloqasi texnologiyasi" kafedrasi o'qituvchilari, magistrantlari va talabalari ishtirok etdilar.

Muhokama etilgan masalalar bo'yicha axborotlashgan iqtisodiyot sharoitida korxonalar faoliyatida foydalanish mumkin bo'lgan masalalar bo'yicha amaliy tavsiya va takliflar taqdim etildi.