Kriptologiya va diskret matematika

Kafedra mudiri:

Xudoyqulov Zarif To’raqulovich

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
Telefon: (0371)-238-65-38

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 25 yanvardagi yig‘ilishining 5-son bayoni bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil I yarim yilligi ish rejasining 10-bandiga muvofiq belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda vazirlik tomonidan TATUda “Axborot xavfsizligi” fakulteti va fakultet qoshidagi mutaxassislik kafedralarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish yuzasidan, shuningdek, TATUda “Axborot xavfsizligi” fakultetini tashkil etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyasi xavfsizligi masalalari bo‘yicha Texnik kengashning majlisining 2016 yil 18 iyuldagi 3-son bayonini va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2016 yil 29 avgustdagi 1(661)-son Kengashining universitet tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘yicha Qarori asosida “Kompyuter injiniringi” fakulteti tarkibidagi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi “Axborot xavfsizligi” fakulteti tarkibiga o‘tkazildi va fakultet tashkil etildi. “Axborot xavfsizligi” fakulteti tarkibida “Kriptologiya va diskret matematika” va “Axborot xavfsizligini ta’minlash” kafedralari tashkil etildi.

“Axborot xavfsizligi” kafedrasi t.f.d., professor M.M.Karimov rahbarligida 2006 yil sentyabr oyida “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash masadida tashkil etildi va kafedraga 2010 yilgacha M.M.Karimov so’ngra, t.f.n. dosent S.Yu.Yusupovlar mudirlik qilib keldilar. Kafedrada o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining shakllanishi va rivojlanishida prof. M.M.Karimov, katta o’qituvchilar D.G.Abdullayev, K.A.Tashevlar salmoqli hissa qo’shdilar.

2013 yil 3 sentyabrda t.f.n Durdona Yakubjanovna Irgasheva kafedra mudiri etib tayinlangan.
Qator yillar davomida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan magistratura talabalariga “Internet xavfsizlik”, “Raqamli kriminalistika”, “Amaliy kriptoanaliz usullari”, bakalavriatura talabalariga “Axborot xavfsizligi”, “Axborot nazariyasi va kodlash”, “Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi”, “Kriptografiya usullari”, “Simsiz tarmoqlarda axborot xavfsizligi”, “Kriptografik protokollar” kabi fanlardan  mashg’ulotlar olib borilmoqda. Kafedrada mashg’ulotlar o’tkaziladigan fanlar bo’yicha  professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator ma’ruza matnlari, o’quv-uslubiy ko’rsatmalar jumladan, 2008 yilda S.K.Ganiyev, M.M.Karimov, K.A.Tashevlar tomonidan kiril va lotin alifbolarida “Axborot xavfsizligi” nomli o’quv qo’llanma chop etildi.

Qariyib 10 yil davomida kafedraning professor-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot, ma’naviy va ma’rifiy ishlar borasida o’ziga xos yutuqlarga erishdilar.  D.Ya.Irgasheva, K.A.Tashev hamda boshqa soha korhonalarida faoliyat ko’rsatayotgan H.P.Xasanovlar prof. S.K.Ganiyev va prof. M.M.Karimovlar rahbarligida nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar.

Kafedra baklavriat ta’lim yo’nalishi:

  • Axborot xavfsizligi
  • Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, AT-servisi, Axborot xavfsizligi, Multimedia texnologiyalari)

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

  • Kriptografiya va kriptoanaliz -5A330301
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar) – 5350100

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Axborot xavfsizligi
  • Stegonografiya usullari
  • Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi
  • Kriptografiya usullari
  • Axborot xavfsizligi protokollari
  • Identifikatsiya va autentifikatsiya

Magistratura:

  • Amaliy kriptografiya va kriptoanaliz
  • Xavfsiz dasturiy vositalarni ishlab chiqish
  • Optik uzatish tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash
  • Axborotlarni kriptografik himoya qilish usullari va vositalari
  • Kriptografik infratuzilmani ishlab chiqish va uning eksplutatsiyasi

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Xudoyqulov Zarif To’raqulovich – kafedra mudiri, t.f.n.
  • Mardiyev Ulug’bek Rasulovich - katta o’qituvchi
  • Allanov Orif Menglimuratovich - assistant
  • Davronova Lola O’ktamovna– assistant
  • Olimov Iskandar Salimboevich - assistant
  • Karimov Abduqodir Abdisalomovich - assistant
  • Hamidov Sherzod Jalolidding o’g’li - assistant
  • Islomov Shaxboz Zokir o’gli– KIXI
  • Xolimtayeva Iqbol Ubaydullayevna - KIXI
Kafedrada faoliyat olib boruvchi o’rindosh professor-o’qituvchilar:
  • Abduraximov Baxtiyor Fayziyevich - f-m.f.d., professor
  • Isaev Rixsi Isaxodjaevich - t.f.n., professor
  • Toshev Komil Axmatovich - t.f.n., dotsent
  • Irgasheva Durdona Yakubdjanovna - t.f.n., dotsent
  • Ahmedova Oydin Po’latovna - t.f.n.

Kafedras professor-o’qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar:

  • Ф-706-17 – Axborot tizimlarida biometrik – kriptografik texnologiyalar qo’llanilishining tadqiqi. Loyiha raxbari – Irgasheva D.Ya.

Kafedraning ilmiy uslubiy ishlari

  • Ganiyev S.K. Karimov M.M. Tashev K.A. Axborot xavfsizligi. Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik
  • Ganiyev S.K. Ganiyev A.A. Irgasheva D.Ya. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi. Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik (uzbek tilida)
  • Ganiyev S.K., Irgasheva D.Ya. Tashev K.A. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik (rus tilida);
  • Irgasheva D.Ya., Islomov Sh.Z. Network Infrastructure and Security Policy Windows 8 OS. Kasb-hunar kollejlarining 32521900 – Axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nalishi o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma;
  • Ganiev S.K., Karimov M.M., Xudoyqulov Z.T., Kadirov M.M. Axborot xavfsizligi bo’yicha atama va tushunchalarning rus, o’zbek va ingliz tillaridagi izohli lug’ati.
  • Tashev K.A., Irgasheva D.Ya. va Nasrullayev N.B. Kriptografik protokollar fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishga uslubiy ko’rsatma; 
  • Irgasheva D.Ya., Islomov Sh.Z. Ma’lumotlar bazasi tizimi xavfsizligi fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga uslubiy ko’rsatma;
  • Xudoykulov Z.T. tomonidan Kriptografiya usullari fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga uslubiy ko’rsatma;

Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining chop etilgan maqolalar ro’yxati

  • Karimov M.M, Tashev K.A., Islomov Sh.Z., Mavlonov O.N. Triangle Method for Fast Face Detection on the Wild. Journal of Multimedia Information System VOL. 5, NO. 1, March 2018 (pp. 15-20). 
  • Xudoyqulov Z.T., Allanov O.M., Xolimtoeva I.U. Zamonaviy xesh funksiyalarning xavfsizlik va tezlik xususiyatlari asosida tahlili. Axborotkommunikatsiyalar: Tarmoqlar, Texnologiyalar, Yechimlar. 2(46)2018.
  • Tashev K.A., Khudoykulov Z.T., Islomov SH.Z. Analyzing of face recognition algorithms. Axborotkommunikatsiyalar: Tarmoqlar, Texnologiyalar, Yechimlar. 2(46)2018.
  • Xudoyqulov Z.T., Islomov Sh.Z., Allanov O.M., Mardiyev U.R. A practical implementation of fingerprint based fuzzy commitment scheme. European Science Review. -Austria, Vienna- 2018. № (5-6). -P. 108-112.
  • Xudoyqulov Z.T., Ganiyev S.K., Halimtoeva I.U. Computer’s source based  (Pseudo) Random Number Generation. International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT). 2017. IEEE. – P. 1-6.
  • Xudoyqulov Z.T., Yusupov B.K. Comparative factors of key generation techniques. International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT), IEEE, 2016.
  • Ganiyev S.K., Xudoyqulov Z.T.  Biometric cryptosystems: open issues and challenges. International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT), IEEE, 2016.
  • Irgasheva D.Ya., Rustamov F. Digital signature electron commerce, TATU xabarlari (Vestnik)  (1(33)) 2015 yil, 96-100 bet.
  • Irgasheva D.Y. Role model with zone differentiation of access IJRET: International Journal of Research in Engineering and Technology. Volume:05. Issue:05, May 2016. http://ijret.esatjournals.org. eISSN-2319-1163, pISSN 2321-7308.
  • Д.Я.Иргашева А.К.Усманов Разработка ролевой модели с зональным разграничением доступа Международный научный журнал «Наука и Мир» (№6 (34), июнь).
  • M. Karimov, K.Tashev, Sh. Islomov. Increasing accuracy and reducing time of face recognition with Euclid norm. International Journal of Recent and Innovation trends in Computing and Communication. ISSN: 2321-8169. Volume:4. Issue:4. April 2016.

Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar ro’yhati

  • Ganiev S.K., Xudoyqulov Z.T., Normuminov F.Q., Xolimtoeva I.U., Davronova L.O’., Imamaliyev A.T., Allanov O.M., Karimov A.A., Eshonqulov N.D.  “WIN RNG”//  O’zR Intellektual Mulk agentligi. 13.06.2018. DGU 05402.
  • Tashev K.A., Irgasheva D.Ya., Axmedova O.P., Xudoyqulov Z.T., Islomov SH.Z., Mardiyev U.R., Allanov O.M., Ostonov M.B. “BIO KEY BINDING SYSTEM” //  O’zR Intellektual Mulk agentligi. 24.10.2018. DGU 05725.
  • Tashev K.A., Irgasheva D.Ya., Axmedova O.P., Xudoyqulov Z.T., Islomov SH.Z., Mardiyev U.R., Safarov A.R., Axmadjonov A.M., Ergashev M.M. “BIO KEY RELEASE” // O’zR Intellektual Mulk agentligi. 13.06.2018. DGU 05401.
  • Xudoyqulov Z.T., Islomov Sh.Z., Allanov O.M., Mardiyev U.R., Mavlonov O.N. “Trusted (Pseudo) random number generators”// O’zR Intellektual Mulk agentligi. 27.10.2017. DGU 04846.

Kafedraning rivojlanishidagi hamkorliklar

  • Janubiy Koreya universitetlari (KAIST, INXA)
  • Rossiyaning yetakchi universitetlari

Kafedraning rivojlanishidagi soha korxonalari bilan hamkorliklar

  • AK Uzbektelekom
  • "UNICON.UZ" DUK
  • Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi
  • UzInfocom