Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

  • Asosiy
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i:

Fozilov Fayzulla Fatxulla o‘g‘li

Qabul vaqti: Dushanba,Chorshanba, Juma (15:00 – 17:00)
Telefon: (+99871) 238-65-23

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi haqida

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 390-sonli buyrug‘iga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Universitetning normativ hujjatlariga va bo‘lim Nizomiga amal qiladi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini Universitet rektori rahbarligida amalga oshiradi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining asosiy vazifalari:

Universitetda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar  vazirligining mitc.ijro.uz, cabinet.mitc.uz, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mf.ijro.uz, cabinetpm2.gov.uz, Universitetning tuit.uz tizimlari orqali kelib tushayotgan buyruq va topshiriqlar, murojaatlar shuningdek yozma, og‘zaki tarzda kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan belgilangan tartib asosida ishlashni tashkil qilish;

Universitetga kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning  murojaatlarini qayd etib borish, ularning belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash, nazoratga olish;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tasdiqlangan tahliliy jadvallar bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda tayyorlab, yuqori turuvchi tashkilotlarga tegishli muddatlarda taqdim etib borish;

Universitetning bo‘limlari va markazlari, fakultet va kafedralari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yo‘llanayotgan javob xatlarini o‘z vaqtida va sifatini ta’minlash yuzasidan monitoring qilish, kelib tushayotgan murojaatlar bazasini tashkil etish va yuritish;

Universitetda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini muvofiqlashtirish va har bir murojaatga javoblarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda yuqori turuvchi tashkilotga kiritilishini talab qilish;

Murojaatlarni Universitetning bo‘limlari bilan o‘rganib chiqqan va tahlil qilgan holda yo‘nalishi bo‘yicha universitet tasarrufidagi filiallar, akademik litseylar va professional ta’lim muassasalariga tegishli elektron tizimlar orqali yuborish;

Universitetda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosini ta’minlanishini bo‘yicha nazorat olib borish.

Kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi ichki nazoratini va moddiy texnika bazasini monitoringini olib borish;

Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reytingi usullarining tadqiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish;

Tarkibiy bo‘linmalarning ijro va mehnat intizomi tasdiqlangan reja asosida tekshirish (kafedralar, bo‘limlar va boshqalar) va talabalardan so‘rov anketalarini o‘tkazishda ishtirok etish;

Mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo‘yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.

Bo‘lim faoliyati yuzasidan Rektorga hisobot tayyorlash.