Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi 


Direktor

Nasrullayev Nurbek Baxtiyorovich

Qabul vaqti: Chorshanba, Juma (10:00 – 16:00) 

Telefon: (0 371) 238-65-63 

E-mail: n.nasrullayev@tuit.uz





Direktor o‘rinbosari:

Maxmudov Shuxrat Shakirovich 

Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba (10:00 – 16:00) 

Telefon: (0 371) 238-65-63 

E-mail: sh.makhmudov@tuit.uz





Markazning tashkil etilgan sanasi: 2019 yil 1 iyul 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 10 iyundagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzurida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 366-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning uchinchisi doirasida aholi va yoshlarni kompyuter texnologiyalari, dasturlash va grafika asoslariga o‘qitish, yoshlarni kibersportga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan. 

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi filiallarini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kadrlarni yetkazib beruvchi asosiy oliy ta’lim muassasasi hisoblangan – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch ta’lim muassasasi sifatida belgilab olingan. 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– Yoshlarga kompyuterda dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi, robototexnika, texnologik loyihalarni boshqarish va elektron tijorat sohasida tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish;
– Yoshlarning kibersport va kompyuter o‘yinlariga qiziqishini oshirish, ularni ushbu sohada to‘g‘ri yo‘naltirish va xalqaro musobaqalarga olib chiqish;
– Milliy qadriyatlarga mos dasturiy mahsulotlar, ta’limiy dasturlar va veb-resurslar, kompyuter va mobil o‘yinlar yaratishga yoshlarni keng jalb qilish;
– Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mutaxassislari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
 

Markazning Respublikamiz hududlarida faoliyat yuritayotgan filiallari:


Toshkent shahri

·         Olmazor tumani, Soy bo‘yi, Oltinsoy MFY, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi “Abdulxamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon” nomidagi kutubxona binosi, mas’ul xodim: Abduraxmonov Anvar, tel: (90) 999-99-84

Toshkent viloyati

·         Bo‘ka tumani, Toshloq MFY, Yuqori Toshloq ko‘chasi, 1 uy, mas’ul xodim: Abdukayumov Ilxomjon, tel: (94) 477-07-70

·         Oqqo‘rg‘on tumani, Oxunboboyev ko‘chasi, 7 uy, mas’ul xodim: Saipov A’zamjon, tel: (99) 803-24-75

·         Piskent tumani, Amir Temur ko‘chasi, 103 uy, mas’ul xodim: Mirzahamdamov O‘ktam Mirza, tel: (93) 581-98-95

·         Yangiyo‘l tumani, Samarqand ko‘chasi, 272 uy (4-sonli umumta’lim maktabi), mas’ul xodim: Umirov Muhammadbobur, tel: (90) 996-83-95

Sirdaryo viloyati

·         Mirzaobod tumani, Navro‘z shaharchasi, Mustaqillik ko‘chasi, 5 uy, mas’ul xodim: Ochilov Xusniddin, tel: (99) 470-47-00

Namangan viloyati

·         Namangan shahri, Ibrat ko‘chasi, 41 uy, mas’ul xodim: Toshtemirov Sobitxon, tel: (93) 938-11-15

·         Kosonsoy tumani, Gulbog‘ MFY, Mustaqillik ko‘chasi, mas’ul xodim: Baxromov Ulug‘bek, tel: (99) 878-24-14

Farg‘ona viloyati

·         Marg‘ilon shahri, Guliston MFY, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 1A uy, mas’ul xodim: Madaminov Xamidjon, tel: (90) 360-26-61

Andijon viloyati

·         Andijon shahri, Cho‘lpon shox ko‘chasi, 9 uy, mas’ul xodim: Karimov Islomjon, tel: (93) 050-17-96

Navoiy viloyati

·         Navoiy shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 3A uy, mas’ul xodim: Rustambek Abduraxmonov, tel: (94) 223-03-38

Buxoro viloyati

·         Kogon shahri, Buxoro shossesi, 12 uy, mas’ul xodim: Qayumov Shahriyor, tel: (93) 681-06-18

Samarqand viloyati

·         Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, Amir Temur ko‘chasi, 2 uy, ma’sul hodim: Umarov G‘olibjon, tel: (99) 598-02-40

Surxondaryo viloyati

·         Angor tumani, At-Termiziy ko‘chasi, 6 uy, mas’ul xodim: Solijonov Jo‘raali, tel: (91) 589-12-00

Xorazm viloyati

·         Xiva shahri, K.Devanov ko‘chasi, 34 uy, mas’ul xodim: Masharipov Sardor, tel: (90) 919-78-39

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

·         Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston ko‘chasi, 23 uy, mas’ul xodim: Yelmuratov Madiyar, tel: (91) 390-51-91

·         Mo‘ynoq tumani, Ajiniyaz ko‘chasi n/uy, mas’ul xodim: Dalibayev Joldasbay, tel: (91) 302-92-39, (93) 486-61-61

·         Beruniy tumani, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 13 uy, mas’ul xodim: Karimov Muzaffar, tel: (97) 505-12-63, (99) 452-93-13

·         Qonliko‘l tumani, G‘arezsizlik ko‘chasi, n/uy, mas’ul xodim: Jalgasbayev Rasul, tel: (90) 575-86-81, (90) 575-49-38


Markaz tomonidan taqdim etilayotgan kurslar

 

Kurs nomi

Muddati

Soati

Boshlang‘ich kurslar

1

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va Internetda ishlash” (boshlang‘ich kurs)

3 kun

12

2

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va Internetda ishlash” (o‘rta kurs)

6 kun

24

3

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va Internetda ishlash” (mukammal kurs)

9 kun

36

Mukammal kurslar

1

“Elektron hukumat — imkoniyatlari va istiqbollari”

2-3 kun

14

2

“Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — elektron hukumat tizimining asosiy segmenti sifatida”

2-3 kun

10

3

“Yagona nuqta orqali ochiq davlat ma’lumotlaridan foydalanish”

2-3 kun

10

4

“Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish”

9-10 kun

38

5

“Axborot xavfsizligi” (boshlang‘ich kurs)

5-6 kun

22

6

“Axborot xavfsizligi” (mukammal kurs)

9-12 kun

48

7

“Elektron tijorat” (boshlang‘ich kurs)

2-3 kun

12

8

“Elektron tijorat” (mukammal kurs)

4-5 kun

20

9

“Korxona resurslarini rejalashtirish - ERP”

4-5 kun

20

10

“Biznes jarayonlari reinjiniringi – BPR”

3-4 kun

16

11

“"Kadrlar" TAT”

5-6 kun

24

 

Markaz filiallari tomonidan taqdim etilayotgan kurslar

 

Kurs nomi

Muddati

Soati

Bepul kurslar

9 dan 30 yoshgacha barcha yoshdagi tinglovchilar uchun

1

Kompyuter savodxonligi

1 oy

24*

9 dan 17 yoshgacha bo‘lgan tinglovchilar uchun

2

Kompyuterdan samarali foydalanish

1 oy

24

3

Kompyuter grafikasi asoslari - Adobe Photoshop

1 oy

24

4

Dasturlash asoslari - Scratch

1,5 oy

34

5

Robototexnika - Arduino

2 oy

48

18 dan 24 yoshgacha bo‘lgan tinglovchilar uchun

6

Tizim va tarmoqni sozlash asoslari

1 oy

24

7

Veb dizayn asoslari - HTML, CSS, JavaScript

1,5 oy

32

8

Java dasturlash tili

1 oy va 3 hafta

40

9

Kompyuter grafikasi va dizayn - Adobe Photoshop va CorelDRAW

2 oy

48

25 dan 30 yoshgacha bo‘lgan tinglovchilar uchun

10

Elektron tijorat

3 hafta

16

11

IT-tadbirkorlik asoslari va loyihalarni boshqarish

1 oy va 3 hafta

40

12

Veb ilovalarni yaratish - PHP, MySQL

2 oy

48

13

Mobil ilovalarni yaratish - Android

3,5 oy

80

Pullik kurslar

18 dan 24 yoshgacha bo‘lgan tinglovchilar uchun

1

Veb dizayn asoslari

3 oy

72

2

Tarmoqlarni qurish va ularni boshqarish

3 oy

72

3

Java dasturlash tili

5 oy

120

25 dan 30 yoshgacha bo‘lgan tinglovchilar uchun

4

Elektron tijorat

3 oy

72

5

Mobil ilovalarni yaratish

6 oy

144

6

Veb ilovalarni yaratish

6 oy

144

* Ma’lumot uchun, 24 soatlik o‘quv kursi 1 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, haftasiga 3 marotaba 1 juftlikdan olib boriladi (1 juftlik – 2 akademik soatga teng). 

Markazlarga trener-o‘qituvchilar sifatida asosan TATUning bitiruvchi talabalari jalb etilgan bo‘lib, hozirgi kunda hududiy filiallarda jami 40 dan ortiq trener-o‘qituvchilar o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.