Rektor tabrigi

Hurmatli hamkasblar va do'stlar!

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) O`zbekiston Respublikasida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlovchi yetakchi texnika universiteti hisoblanadi. "Toshkent elektrotexnika aloqa instituti" Respublika Aloqa vazirligining tarmoq instituti hisoblanib, Markaziy Osiyo va Qozog`iston uchun elektraloqa va radioaloqa bo`yicha muhandislarni tayyorlagan.

Bugun TATU - bu zamonaviy tipdagi, yuqori ilmiy-pedagogik salohiyat, ta'lim kommunikatsiyalarining keng turlari, xalqaro aloqalarning rivojlangan tarmog`i, jamiyatda mutaxassislar tayyorlash darajasi bo`yicha yuqori mavqega ega bo`lgan universitetdir. Keyingi yillarda universitetda yaxshi an'analar soni ko`payib bormoqda, bakalavriatura ta'limining yangi yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ochilmoqda, dissertatsiyalar himoya qilinmoqda, moddiy-texnik baza yaxshilanmoqda, yangi korpuslar qurilmoqda.

Yevropa va Osiyodagi yetakchi OTM lar bilan xalqaro hamkorlik o`rnatilmoqda. So`nggi yillarda TATU da Koreya Respublikasi va Hindiston bilan, NEC(Yaponiya) firmasi, CISCO(AQSh), HUAWEI (Xitoy), ACETECH (Buyuk Britaniya) zamonaviy o`quv markazlari ochilgan. Mazkur markazlar hozirgi kunda ham faoliyat yuritmoqda, universitetda o`qish jarayonida talabalar parallel ravishda bu markazlar zamonaviy texnikalari asosida o`z tayanch bilim(tayyorgarlik)larini boyitib bormoqdalar. Universitet eshiklari hamkorlik uchun doimo ochiq, talabalar, hamkasblar hamda do`stlarimizni ko`rishdan g`oyat baxtiyormiz.

TATU rektori