Tanlovning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa madaniyatini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatni yuksaltirish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan North China University of Technology (NCUT) universitetida O‘zbekistondan qisqa muddatli malaka oshirish uchun tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar hamda NCUT rahbariyati ishtirokida simpozium tashkil etildi.
Hozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan North China University of Technology (NCUT) universitetida “Artificial Intelligence” va “Traffic Control” yo‘nalishlari bo‘yicha universitetimizning uch nafar professor-o‘qituvchilari ikki oylik malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqdalar.
Dilshod Rahmatov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun tunda Bahraynga – III Osiyo yoshlar o‘yinlariga jo‘nab ketadi. Safar oldidan o‘smirlarimiz oldindan rejalashtirilgan Qirg‘izistonlik tengqurlariga qarshi ikkinchi ko‘rik nazorat uchrashuvini o‘tkazishdi. O‘yin Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 18–20-oktabr kunlari talaba-yoshlar o‘rtasida “GITA” dasturchilar akademiyasi hamkorligida “Guided Hackathon: Game Development” hakatoni o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi - talaba-yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan hurmat, ehtirom va faxr tuyg‘usini yanada yuksaltirish, o‘zbek tilining boy tarixiy merosi va ifoda go‘zalligini chuqur anglashga chorlashdir.