Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, “O‘zmilliybank” AJ hamda “Kelajakka qadam” markazi vakillari ishtirokida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan seminar-uchrashuv tashkil etildi.
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Xitoy Xalq Respublikasining Shenzhen shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli Huawei ICT Competition 2025–2026 musobaqasining Global Final bosqichida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilmoqdalar.
📅 Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda potensial ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida jamiyat Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiyot va tijoriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari A. Djurayev hamda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi T. Zarifov universitetda yaratilgan zamonaviy ta’lim, ilmiy-innovatsion muhit va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi hamda energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Energiya auditorlarini tayyorlash va malakasini oshirish” kurslariga taklif etadi.
Tailanddan tashrif buyurgan talabalar O‘zbekistonning betakror tabiati, musaffo tog‘ havosi va go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘ldilar.