Yangiliklar

TATUda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Menu | 10-10-2025 | 09:31

Uchrashuv davomida talabalar uchun bugungi kunda jahon miqyosida ro‘y berayotgan turli zo‘ravonliklar, ekstremizm va terrorizm kabi illatlarning salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlar ongida mafkuraviy xurujlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda.

Menu | 09-10-2025 | 10:08

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor B.Maxkamov boshchiligida rahbariyat, bo’lim boshliqlari, mas’ul shaxslar va talaba-yoshlar o'rtasidagi navbatdagi uchrashuv 8-oktyabr kuni Dasturiy injiniring hamda Televizion texnologiyalar fakultetlarining talabalari bilan bo’lib o’tdi.

Xalqaro forum doirasida “Dron reysing” musobaqasi va innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Menu | 09-10-2025 | 10:04

O‘zbekiston va Belarus Ikkinchi ta’lim forumi doirasida dron operatorlarining kasbiy mahoratini oshirish va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Dron reysing” musobaqasi tashkil etilib, shuningdek, oliy va kasbiy ta’lim muassasalari olimlari,

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov va rahbariyat vakillari, Toshkent shahrida ijarada yashayotgan Radio va mobil aloqa fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

Menu | 09-10-2025 | 10:01

Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlikka e’tibor qaratish, is gazi keltirib chiqaruvchi holatlarning oldini olish, energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, mavjud muammolarni bayon etdilar. Ularning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.

Rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Menu | 08-10-2025 | 10:12

7-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor B.Maxkamov boshchiligida universitet rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, ma’sullar va Kompyuter injiniring fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

“Kiberxavfsizlik bo‘yicha Markaziy Yevroosiyo sammiti – 2025” xalqaro sammiti bo‘lib o‘tdi.

Menu | 07-10-2025 | 15:14

Kiberxavfsizlik markazi mezbonligida o‘tayotgan konferensiya 25 davlatdan 40 dan ortiq ma’ruzachilarning taqdimotlari va panel munozaralari, sohada yetakchi kompaniyalarning o‘z yechimlarini namoyish etadigan ko‘rgazmalarni, kiberxavfsizlik xizmatlari bo‘yicha jahon miqyosidagi yetakchilarning seminar va ma’ruzalarini hamda tarmoq tadbirlarini o‘z ichiga olmoqda.