Yangiliklar

TATUda “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” mavzusida o‘quv-trening kurslari boshlandi

Yangiliklar | 15-10-2019 | 10:25

Joriy yilning 15-17 oktayab kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Ochiq kodli dasturiy maxsulot” mavzusida o‘quv-trening kursi tashkil etildi. O‘quv-trening Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumiga ko‘ra har yili tashkil etish rejalashtirilgan edi. Memorandumiga asosan,

Hurmatli professor-o‘qituvchilar!

Yangiliklar | 14-10-2019 | 07:59

Sizni Allamuratova Zamira Jumamuratovnaning «Telekommunikatsiya tizimlarining elektromagnit xavfsizligini geoaxborot texnologiyalari asosida baholash usullari» mavzusidagi 05.04.01 – «Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash» ixtisosligidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya oldi seminariga taklif etamiz.

Universitet yoshlar yetakchisi tayinlandi.

Yangiliklar | 11-10-2019 | 07:25

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo'yicha Respublika idoralararo kengashi yig'ilishida belgilangan vazifalar hamda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan berilgan topshiriqlar asosida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang'ich tashkilotlariga Yoshlar yetakchilarini tayinlash bo'yicha suhbatlar Toshkent Shahar Yoshlar markazida o'tkazildi.

“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida blogpostlar tanlovida ishtirok eting!

Yangiliklar | 10-10-2019 | 09:58

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmati qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida blogpostlar tanlovini e’lon qiladi.

Dasturchilar, "Ucell mobile challenge 2019" mobil ilova yaratish boʻyicha qoʻshma tanlov registratsiyasi yopilishiga 5 kun qoldi!

Yangiliklar | 10-10-2019 | 09:01

Tanlovda qatnashish uchun: bitta yoki undan koʻproq vazifalarni hal etadigan, tez joriy etiladigan, ishonchli va xavfsiz ilova yaratishingiz kerak.