Talabalar amaliyot jarayonida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbektelekom” AK, “UZINFOCOM” MChJ, “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” MChJ, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ, “Kiberxavfsizlik” markazi, “IT Park Uzbekistan” rezidentlari, shuningdek aksiyadorlik tijorat banklari va ularning filiallarida faoliyat olib bormoqda.
Joriy yilning 10-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Malayziyaning Universiti Pendidikan Sultan Idris professori, Dr. Che Zalina Zulkifli ishtirokida professor-o‘qituvchilar hamda akkreditatsiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan ekspertlar uchun seminar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur memorandumdan maqsad - Universitetimiz talabalarining mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, nazariya va amaliyotni uzviy bog'lagan holda korxona va tashkilotlar talablaridan kelib chiqib, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish hisoblanadi.
10-iyun kuni Ispaniya Qirolligining Madrid shahrida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi o‘z ishini boshladi.
Bugun, 10-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Raqamli ta’lim: metodologiya, texnologiya va innovatsiyalar” (ICDEMTI 2026) xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiyasi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.