Yangiliklar

O‘ZBEKISTON U17 – OSIYO CHEMPIONLARI! 🏆

Menu | 22-04-2025 | 17:04

Bugun yurtimiz faxri — O‘zbekiston U17 futbol terma jamoasi Osiyo kubogida g‘alaba qozonib, chempion sifatida Saudiya Arabistonidan Vatanimizga qaytishmoqda!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov va rahbariyat vakillari, universitetda tahsil olib, ijarada yashayotgan Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

Menu | 22-04-2025 | 16:16

Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlikka e’tibor qaratish, is gazi keltirib chiqaruvchi holatlarning oldini olish, energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, mavjud muammolarni bayon etdilar. Ularning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining ilg‘or professori Abdullayev Rustam Zoirovich tomonidan yozilgan ilmiy monografiya nufuzli LAP Lambert Academic Publishing (Germaniya) nashriyotida ingliz tilida chop etildi!

Menu | 22-04-2025 | 16:14

Eʼtiborlisi shundaki, LAB Lambert Academic Publishing (Germaniya) nashriyoti maxsulotlarini mashhur xalqaro internet do‘konlaridan xarid qilish mumkin:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari va talabalari ishtirokida Stop korrupsiya xeshtegi ostida chellenj bo‘lib o‘tmoqda.

Menu | 22-04-2025 | 16:10

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari va talabalari ishtirokida Stop korrupsiya xeshtegi ostida chellenj bo‘lib o‘tmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kasaba uyishmasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida faol talabalar bilan 100-sonli ixtisoslashgan  bolalar intarnati maktabiga tashrif amalga oshirildi.

Menu | 21-04-2025 | 16:15

Beg‘ubor qalblarga quvonch, xushkayfiyat va umid uchqunini ulashish maqsadida, og‘ir bemor bolajonlar bilan samimiy suhbat qilinib, ularga sovg‘alar ulashildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida kibersportni ommalashtirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida Dasturiy injiniring fakulteti talabalari o‘rtasida “Counter Strike 1.6” boʻyicha musobaqa o‘tkazildi.

Menu | 21-04-2025 | 15:00