Tadbirda Said Ahmadning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning o‘lmas asarlari va xalqimiz ma’naviyatidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Adibning ijodiy merosi muhokama qilinib, uning hikmatli so‘zlari va hayot yo‘li yosh avlodga o‘rnak sifatida taqdim etildi.
9-iyun kuni bo'lib o'tgan ushbu anjumanda mediasferada raqamli transformatsiyaning asosiy yo'nalishlari muhokama qilindi.Ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning kino va televidenie kontentini ishlab chiqarish, onlayn platformalarni rivojlantirish va raqamli media makonining huquqiy va axloqiy jihatlariga ta'sirini ko'rib chiqdilar.
Seminar yakunida “Xorijiy nashriyotlar va agregatlar ma’lumotlar bazalari bilan ishlash asoslari” boʻyicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar topshirildi, bu esa ularning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
“Integrallashgan kutubxona tizimlari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi.
Laboratoriya maxsus qurilmalar va jihozlar hamda zamonaviy texnologik yechimlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar ham an’anaviy, ham elektron arxivlarni yaratish, arxiv sohasidagi mavjud axborot tizimlarida laboratoriya sharoitida ishlash imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.
2025-yilning 6-iyun sanasida Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Qozog‘iston davlatining L.N. Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti talabalari uchun tashkil etilgan “Xalqaro amaliyot” dasturining yakunlovchi uchrashuvi yuqori saviyada o‘tkazildi.