Mazkur memorandumdan maqsad - Universitetimiz talabalarining mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, nazariya va amaliyotni uzviy bog'lagan holda korxona va tashkilotlar talablaridan kelib chiqib, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish hisoblanadi.
Muloqotda mamlakatimizda yosh avlodning bilimli, kasb-hunarli, hur fikrli bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilgan shart-sharoit, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. O‘z mehnat faoliyati borasida so‘z yuritgan ayollar erishgan yutuqlari haqida va kasb tanlash ham saodat ekanligini alohida ta’kidladilar.
TATU delegatsiyasi va MTRK rahbariyati o‘rtasida o‘quv, ilmiy-amaliy hamkorlik masalalarida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Mazkur tadbirda kafedra mutaxassislari tomonidan berilgan izohlar talabalarda Konstitutsiyaning huquqiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatini yanada chuqur anglashlariga xizmat qildi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan chet el fuqarolari uchun o‘quv grantlari orqali ta’lim olish uchun stipendiya tayinlanadi, ta'lim muassasasining yotoqxonasida o'qish muddati uchun joy taqdim etiladi.
Tashrif davomida universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari va Xitoyning ZTE hamda Huawei kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitet va kompaniya o‘rtasida professional taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, Xitoyning yetakchi universitetlari bilan 3 tomonlama qo’shma dasturni yo’lga qo’yish orqali professional kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi