Yangiliklar

TATU O‘FA Chempioni

Menu | 20-12-2024 | 10:52

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 10-dekabrdan 20-dekabrga qadar Toshkent shahar va Toshkent viloyati OTMlari o‘rtasida O‘FA kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi va bugun ushbu turnir nihoyasiga yetdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “UI Green Metric World University Ranking 2024” xalqaro reytingida TOP 1000 talikda qayd etildi.

Menu | 19-12-2024 | 10:18

UI Green Metric World University Ranking xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy taʼlim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalariga ko‘ra, TATU nufuzli reytingida 890-o‘rinda oliy taʼlim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan universitet sifatida eʼtirof etildi.

TATU Fargʻona filialida har bir fakultet qoshida "Ilgʻor muhandislik maktablari" tashkil etildi!

Menu | 18-12-2024 | 09:34

Bu maktablar talabalarni zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor muhandislik bilimlari bilan tanishtiradi. Har bir yoʻnalishda oʻquvchilar o'z sohalarida yetakchi mutaxassislar bilan amaliy mashgʻulotlar oʻtab, yuqori malakali muhandislar bo'lish yoʻlida muhim qadamlarga ega boʻlishadi.

Joriy yilning 12-dekabr sanasida Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator Uzinfocom va universitet mas'ullari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Menu | 18-12-2024 | 09:24

Uchrashuv davomida hozirgi kunning zamonaviy kasblaridan biri bo'lgan "Sun'iy intellekt" va "Data science" kabi yo'nalishlarda universitet bilan hamkorlik qilish, mazkur yo'nalishlarda talabalarni stajirovkaga saralab olish, kompaniyada bajarilayotgan loyihalarga talabalarni jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi PQ–2834-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va hududiy filiallari iqtidorli talabalari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya joriy etilgan.

Menu | 17-12-2024 | 09:48

Belgilangan Nizom talablariga muvofiq, 2024-2025-o‘quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va hududiy filiallari 60 nafar iqtidorli talabasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi bo‘ldilar.

TATUda “Raqamli hukumat boʻyicha xalqaro konferensiya: raqamli transformatsiyalash istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Menu | 17-12-2024 | 09:42

Yalpi majlisida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Tashev kirish nutqi bilan konferensiyani ochib berdi.