Yangiliklar

19-sentyabr kuni Latviyaning yetakchi Oliy ta'lim muassasi hisoblangan Riga texnika universiteti, IT ta'lim kurslarini taklif qiluvchi Baltijas Datoru Akadēmija (BDA) kompaniyasi va iqtidorli yoshlarni ish bilan ta'minlovchi Talzy kompaniyasi delegatsiyasi Latviyaning O'zbekistondagi elchixonasi vakili Jelena Puncule boshchiligida TATUga tashrif uyushtirildi.

Menu | 20-09-2024 | 09:44

Tashrifdan maqsad TATU hamda Latviya OTM va kompaniyalari o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo'ldi. Barcha tomonlar o'z taqdimotlarini namoyish etgan holda, tashkilotlar o'rtasida mos yo'nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosati, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Menu | 20-09-2024 | 09:33

Shuningdek, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy taʼlim muassasalari tomonidan Xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash, tarmoq korxona va tashkilotlarida kafedralar filiallarini tashkil etish chora tadbirlari doirasida TATU Urganch filiali rahbariyati va professor-o‘qituvchilari Hindistonga safari o‘lib o‘tgan edi. Ushbu safar natijasida Hindistonning Vellore Institute of Technology Chennai universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib

TATU F-binosida Xitoylik professor o‘qituvchilardan “Sun’iy intellekt va Chuqur o‘qitish (AI va Deep Learning)” sohasi bo‘yicha kurs ochilish marosimi va birinchi seminar bo‘lib o‘tdi.

Menu | 19-09-2024 | 09:08

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti F-binosida Xitoylik professor o‘qituvchilardan “Sun’iy intellekt va Chuqur o‘qitish (AI va Deep Learning)” sohasi bo‘yicha kurs ochilish marosimi va birinchi seminar bo‘lib o‘tdi.

TATUga Xitoyning yetakchi hamkor Xi'an Jiaotong universiteti prezidenti Zhang Liqun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Menu | 19-09-2024 | 08:55

Uchrashuvda Xi'an Jiaotong universiteti va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida imzolangan Hamkorlik yo'l xaritasida belgilangan akademik va ilmiy almashinuvlar, qoʻshma taʼlim dasturlarini yo’lga qo’yish, qo'shma IT kurslarini tashkil qilish masalalari ikki universitet rahbarlari tomonidan muhokama qilindi.

ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 doirasida CAEx Hall 1 ko‘rgazmalar markazida “Huawei ICT Talent Summit” o‘quv sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Menu | 19-09-2024 | 08:53

Sammitda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va texnologiya sohasida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy masalalari muhokama qilinadi. Huawei ICT Academy, xalqaro tashkilotlar va universitetlar vakillari talabalar uchun imkoniyatlar haqida gapirib, ta’lim texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan o‘rtoqlashadilar. Shuningdek, ICT Competiton 2024 - 2025 tanlovi tafsilotlari taqdim etiladi.