Yangiliklar

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Menu | 25-09-2024 | 09:09

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchigida o‘tkazilayotgan forum ishida Italiyaning Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari rektorlari ishtirok etmoqada.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida stop_korrupsiya chellenji bo‘lib o‘tmoqda.

Menu | 24-09-2024 | 09:20

Ushbu chellenjdan maqsad talaba-yoshlarning korrupsiya bo‘yicha bilimlarini yanada oshirish, korrupsion jarayonlar va ularning ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi nohush holatlarning oldini olish, universitet xodimlari va talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, oliy ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirishdan iborat.

Universitetimizning hurmatli talabalari

Menu | 24-09-2024 | 09:12

2024-yilning 24-sentyabr kuni soat 15:00da, Toshkent shahri Olmazor tumanining Yoshlar ittifoqi saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi YUBILEY mavsumining saralash bosqichi festivali bo‘lib o‘tadi.

"DEBSEUz" loyihasi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

Menu | 23-09-2024 | 17:13

Loyiha rejasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida loyiha doirasida shu yilning 20-21 sentyabr kunlari Farg‘ona politexnika institutida “Staff training in solar energy: technologies, methods and tools” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Ushbu konferensiya O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlardan quyosh energetikasi bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega, yuqori ilmiy tadqiqot natijalariga erishgan yetuk olimlarni ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularning yechim

TATUning "Axborot tizimlari va texnologiyalari" hamda "Kompyuter injiniringi" yo‘nalishlari tinglovchilari uchun Janubiy Koreyalik professor Lee Seung Jik ishtirokida "Convolutional neueral networks: convolutions, network structure" mavzusida seminar tashkil etildi.

Menu | 23-09-2024 | 10:59

Joriy yilning 21-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida "Axborot tizimlari va texnologiyalari" hamda "Kompyuter injiniringi" yo‘nalishlari tinglovchilari uchun Janubiy Koreyalik professor Lee Seung Jik ishtirokida "Convolutional neueral networks: convolutions, network structure" mavzusida seminar tashkil etildi.

TATUda tashkil etilgan eng zamonaviy ARMning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Menu | 21-09-2024 | 09:30

Hozirgi kunda talabalar ilm olishlari uchun qulayliklarni kengaytirish borasida Toshkent axborot texnogiyalari universitetida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.