Webster universiteti bilan hamkorlik

Joriy yilning 27 iyun kuni Webster universiteti vitse-prezidenti janob Piter Maxer TATUga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tashkil etilgan uchrashuv davomida har ikki Universitetlar o‘rtasida imzolangan Memorandum bandlarini bajarish maqsadida, Webster universitetining xalqaro ta’lim dasturi asosida TATUda fakultet tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Boshlang‘ich muzokaralar natijasida, “Axborot texnologiyalari (Informatika, Kiber xavfsizlik)”, “Media kommunikatsiya (Televizion texnologiyalari)” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatura dasturini o‘quv jarayoniga tadbiq etish yuzasidan kelishib olindi.