DIQQАT E'LON!!! TАLАBАLАR DIQQАTIGА!

  • Asosiy
  • DIQQАT E'LON!!! TАLАBАLАR DIQQАTIGА!

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PQ-3371-sonli qarori asosida 2019-yil 18-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Аdliya vazirligi hamda Birlashgan millatlar tashkilotining Oʼzbekistondagi doimiy vakili tomonidan tasdiqlangan “Korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha” chora-tadbirlar rejasining 16-bandi ijrosi yuzasidan “Yoshlar Vatan xizmatida rostgoʼylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori” mavzusida talaba-yoshlar oʼrtasida ijodiy ishlar tanlovi oʼtkazilmoqda. Tanlov 3 ta nominatsiyada oʼtkazildi:

1. “Eng yaxshi plakat”

2. “Eng yaxshi surat”

3. “Eng yaxshi bayon”

“Eng yaxshi plakat” , “Eng yaxshi surat” nominatsiyalari boʼyicha ishlanmalarni TАTU Yoshlar ittifoqi universitet boshlangʼich tashkilotiga; “Eng yaxshi bayon” boʼyicha ijodiy ishlarni esa “Gumanitar fanlar” kafedrasiga taqdim etish lozim.

Ijodiy ishlar 20 oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi. Shu bilan birga, joriy yilning “Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʼyicha chora-tadbirlar dasturi”ning 7-bandi ijrosi yuzasidan “Oʼzbekiston yoshlari buzgʼunchi gʼoyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi maqola” tanlovi ham eʼlon qilindi. Ushbu tanlovda oʼz maqolalari bilan ishtirok etishni istagan talabalar joriy yilning 5 noyabriga qadar “Gumanitar fanlar” kafedrasiga yoki “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʼlimi”ga ijodiy ishlarini topshirishlari mumkin.

Oʼtkaziladigan ijodiy ishlar tanlovlari nizomlari bilan quyida tanishish mumkin.

Barcha faol talabalarni ushbu tanlovlarda ishtirok etishga chorlab qolamiz!