TATU talabalariga Yaponiyadan kelgan mutaxassis ma'ruza o'qishni boshladi

Joriy yilning 10 sentyabridan boshlab Yaponiyaning Kompaniyalarini boshqarish bo'yicha yapon mutaxassisi va “JICA”ning grantlari bo’yicha mutaxassisi janob Masashi Datesan “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasida Pochta aloqasi “Pochta texnologiyalari” kafedrasi talabalari uchun "Quoysh chiqar mamlakatning logistika" mavzusida ma'ruza o'qishni boshladi.

Yaponiya sanoatiga bag'ishlangan taqdimot qiziqarli statistik ma'lumotlar bilan birga hech kimni befarq qoldirmadi. Tinglovchilar tomonidan berilgan savollardan boy ma’daniyat va tarixga ega bo'lgan bunday olis mamlakat to'g'risida qiziqish uyg'otgani aniq bo'ldi.


Ma'ruzadan so'ng, talabalar janob Masashi Datesanga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi va bundan oldin ular Yaponiyadan kelgan o'qituvchini tinglash imkoniyatiga ega emasliklaridan afsuslanib, qiziqarli ma'ruzalarini yana davom ettirishi uchun o'z tilaklarini bildirishdi.


TATU matbuot xizmati