Masofaviy ta'lim tizimi

  • Asosiy
  • Masofaviy ta'lim tizimi

Virtual ta’lim tizimi

Virtual ta’lim tizimi ochiq kodli MOODLE platformasida ishlab chiqilgan bo‘lib, masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarishga mo‘ljallangan.
Virtual ta’lim portali 493ta tuzilmadan iborat. Har bir tuzilma bitta fan bo‘yicha o‘quv meyoriy hujjatlar bilan bir qatorda, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlarga uslubiy ko‘rsatmalar, atamalar, adabiyotlar ro‘yxati, test savollari, tarqatma materiallar, baholash mezonlari, ta’lim jarayonini tashkil etish va uni boshqarishga qo‘yilgan talablar va shu kabi axborotlar joylashgan. Hozirgi kunda universitetda o‘qitiladigan fanlarning 40tasidan tuzilmalar yaratilib, ulardan o‘quv jarayonidan foydalanib kelinmoqda.


Virtual university masofaviy ta’lim tizimi

Ushbu tizim talabalarni masofadan turib o‘qitish mo'ljallangan. Talabalar ushbu tizim orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda turib mavjud elektron resurslardan foydalanishi, o‘qishi, o‘qituvchidan vazifa va takliflar olishi mumkin. O‘qituvchi, doimiy ravishda resurslarni yangilab turishi va o‘quvchilarining tashrifi va bajarilayotgan vazifalarini nazorat qilib turishi mumkin. Vazifalar o‘qituvchi tuzilgan testlar yordamida yoki laboratoriya ishlari turi bilan berilib boriladi. Platformada ishlash sodda bo‘lib jahon standartlariga javob beradi.


Estudy masofaviy ta'lim tizimi

Estudy masofaviy ta’lim tizimi akademik litsey va kollej o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasasi talabalariga masofadan turib off-line rejimida ta’lim berish uchun yaratilgan tizimdir. Hozirda tizim orqali TATU talabalari va TATU qoshidagi akademik litseylar o'quvchilari uchun fizika va matematika fanlari interaktiv ko'rinishda olib borilmoqda.