Ma'naviy va ahloqiy tarbiya bo'limi

Bo‘lim boshlig‘i:

Karimova E’zoza Gapurjonovna

Qabul vaqti: Dushanba – Juma 15:00 – 17:00
Telefon: (0 371)238-64-74

Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori boshchiligida faoliyat yuritib keladi.

TATU Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori vazifasini Umarov Xayrulla Payzullayevich bajarmoqda. Bo’limda rahbar, 2 ta metodist faoliyat yuritadi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi universitet doirasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tasdiqlangan reja asosida olib borib, fakultetlar va talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlaydi.

Bo’lim O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Yunusobod tuman hokimiyati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi har o’quv yili boshida yuqorida ko’rsatilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda universitet miqiyosida o’tkaziladigan tadbirlar rejasini tuzadi va ularni amalga oshiradi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar rahbar organlarga taqdim etiladi.