"Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy Harakati BT

Kamolot YoIH.jpg

TATU "Kamolot” YoIH BT yetakchisi:

Begimov Oybek Mamarasulovich

Telefon: (0 371) 238-64-41

Toshkent Axoborot Texnologiyalari Universiteti "Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti o‘z safiga universitetning barcha talaba-yoshlarni birlashtirgan bo‘lib, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan talaba-yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularning taklif va istaklarini o‘rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko‘maklashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli, mazmunli tashkil etish hamda harakat atrofida birlashtirish bilan birga, ularda komil inson fazilatlarini tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g‘oyalar bilan oziqlantirish, intellektual mulkka egalik tuyg’usini shakllantirish, tashabbus va yangiliklarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat

TATU "Kamolot” YoIH boshlang'ich tashkiloti veb-sayti kamolot.tuit.uz

"Kamolot” YoIH universitet boshlang’ich tashkiloti Kengashi 9 nafar a’zodan iborat.

 Kengash tarkibi:

1. "Kamolot” YoIH BT Kengash raisi (H.F.Alimdjanov)

2. "Tashkiliy va axborot-tahlil yo‘nalishi sardori” (O.M.Begimov)

3. "Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishi sardori” (S.M.Jumanazarov)

4. "Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar yo‘nalishi sardori” (B.K.Mamirov)

5. "Huquqiy savodxonlik yo‘nalishi sardori” (X.A.Yusupov)

6. "Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishi sardori” (G'.J.Boboxonov)

7. "Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo‘nalishi sardori” (Z.M.Obbosxonov)

8. "Matbuot yo‘nalishi sardori” (S.F.Sharapov)

9. "Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi sardori” (N.I.Polvonov) bo‘limlari jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kamolot” YoIH universitet boshlang’ich tashkiloti fakultet yetakchilari:

Kompyuter injiniringi fakulteti yetakchisi (Sh.I.To'liyev)

Axborot xavfsizligi fakulteti yetakchisi (Z.Z.Zulfiqorov)

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti yetakchisi (A.A.Daloydinov)

Dasturiy injiniring fakulteti yetakchisi (O. M. Begimov)

Televizion texnologiyalar fakulteti yetakchisi (U.O.Abilov)

Axborot-komunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti yetakchisi (A.E.Ro'ziyev)

Axborot-komunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb talimi fakulteti yetakchisi (X.I.Alixonova)

Harakatning to‘liq nomi:

davlat tilida – O‘zbekiston "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati;

rus tilida – Общественное движение молодежи «Камолот»;

ingliz tilida – The Civic Movement of Youth of Uzbekistan «Kamolot»;

Harakatning qisqartirilgan nomi:

davlat tilida – "Kamolot” YIH;

rus tilida – OДM «Камолот»;

ingliz tilida – CMY «Kamolot».

"Kamolot" YoIH BTning 2015-2016 o'quv yiliga mo'ljallangan ish rejasi

Tadbirlar nomi

Muddati

O‘tkazish joyi

Tadbirga mas’ul va xamkorlar

Ijro mexanizmi

Kutilayotgan natija

  1. Tashkiliy va axborot-tahlil yo‘nalishi:

1.1

"Kamolot” YoIH Nizom va Dasturida belgilangan maqsad va vazifalar to‘g‘risida talabalarga tushuntirish ishlarini olib borish

Yil davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT

"Kamolot” YoIH Nizom va Dasturida belgilangan maqsad va vazifalar, odob-ahloq qoidalari va BT tarkibiy tuzilmasi avval guruhlar kesimida, keyinchaalik umumiy holda talabalarga tushuntiriladi va tizimli ish olib boriladi

Talabalarning "Kamolot” YoIH to‘g‘risidagi bilimlarini chuqurlashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va ilmiy salohiyatini yuksaltirish orqali "Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti faoliyati rivojlanadi

1.2

Talaba yoshlarni "Kamolot” YoIH BT safiga jalb qilish

sentyabr

 

TATU

"Kamolot” YoIH BT, fakultet yetakchilari

Yoshlarni "Kamolot” YoIH BT a’zoligiga ariza va anketa orqali kabul qilinadi

Boshlang‘ich tashkilot a’zolari soni ko‘payadi va tarkib yangi iste’dodli talabalar bilan boyitiladi

1.3

Talaba yoshlar to‘g‘risida axborot bankini tuzish, ularning ijtimoy ahvoli, shaxsiy fazilatlari, muammolari bo‘yicha monitoring olib borish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, fakultet yetakchilari, kurs va guruh yetakchilari

A’zolar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalarni tahlil qilish orqali axborot bazasi MS Excel dasturida elektron shaklda umumlash-tiriladi

Talaba yoshlarning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish imkoni bo‘ladi, zarur holatlarda universitet rahbariyatiga ma’lum etish orqali muammolarning yechimi topiladi

1.4

"Kamolot” YoIH faoliyatida guruh yetakchilari faolligini oshirish va muntazam ravishda fakultet yetakchilari hamda guruh yetakchilaridan oylik hisobotlarni qabul qilish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, fakultet yetakchilari,

guruh yetakchilari

Talabalarning muammolarini o‘rganishda BT faoliyatida "Yuqoridan pastga qarab buyruq bozlik asosida” emas, balki, "Pastdan yuqoriga” talabalarning muammolarini guruh yetakchilari orqali Kengash a’zolariga yetkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Har bir talabaning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti va muammolari bo‘yicha tashkil etilgan ma’lumotlar bazasi asosida amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

1.5

Fakultet faollari va yetakchi o‘quv semenarlarini tashkil etish.

Har chorakda bir marta

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Fakultet faollari va fakultet yetakchilarining o‘quv semenarlarini tashkil etiladi

Boshlang‘ich tashkilotni faolligi va soha yetakchi-larining salohiyati oshiriladi.

  1. Huquqiy savodxonlik yo‘nalishi:

2.1

Universitetning magistratura bo‘limi hamda barcha fakultet jamoalari o‘rtasida 10-dekabr "Inson huquqlarini ximoya qilish umumjahon dekloratsiyasi” ning qabul qilinganligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitu-tsiyasining 23 yilligi munosabati bilan "Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovini tashkil etish

2015 yil

dekabr

TATU

 

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Universitetning magistratura bo‘limi hamda barcha fakultet jamoalari o‘rtasida xuquqiy bilimlar yuzasidan bellashuv tarzida o‘tkaziladi. 3 ta shart bo‘yicha chiqishlar natijasida talabalarning bilimlari baholanadi

Huquqiy savodxonlik bo‘yicha zarur ma’lumotlar, O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi, "Inson huquqlarini ximoya qilish umumjahon dekloratsiyasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati xaqida talabalar ma’lumotlarga ega bo‘ladi

2.2

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlab «Hayotimiz qomusimiz» mavzusida davra suxbati o‘tkazish

2015 yil

dekabr

TATU

 

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Huquqshunos olimlar va faol talabalar ishtirokida suhbatlar o‘tkazish hamda talabalarning xuquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan vizual materiallardan foydalanish

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati targ‘ib etiladi va tushuntiriladi

 

2.3

Talaba yoshlarning huquqiy bilimlarini chuqurlash-tirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, taniqli huquqshunoslar va huquq targ‘ibot xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish

Har chorakda bir marta

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Talaba yoshlar va soha mutaxassislari hamkorligi tuziladi va belgilangan kunda huquqiy maslahat kechasi uyushtiriladi

Talaba yoshlarning siyosiy, huquqiy ongini shakllantirish va ularning faolligini oshirish

2.4

Vatanimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar, ularning maqsadlari va bir-biridan farqi to‘g‘risida ma’lumotlarni chuqurlash-tirish maqsadida partiya rahbarlari va faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazish

Har chorakda bir marta

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Talaba yoshlar va partiya rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkaziladi hamda talabalarning siyosiy bilimlari bo‘yicha savol-javoblar tashkil etiladi

Talaba yoshlar siyosiy huquqiy ongini rivojlantiriladi, siyosiy partiyalar haqida bilimlar hosil qilinadi. Davlat boshqaruvi va demokratik tamoyillar bo‘yicha bilim va tushunchalarga ega bo‘linadi

  1. Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishi:

3.1

Universitetga 1-kursga kabul qilingan talabalar uchun "Talabalik qasamyodi”ni qabul qilish tantanali marosimini o‘tkazish

2015 yil

sentyabr

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Universitetga yuqori ball bilan o‘qishga kirgan talabalarga universitetning ramziy kaliti va reyting daftarchasi topshiriladi. Sohaning yetuk mutaxassislari va rahbariyatning tabrik so‘zlari yo‘llanadi

Universitetga kabul qilingan talabalarda talabalikka bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish, universitet ichki tartib qoidalari bilan tanishtirish talabalarda «talabalik oltin davr» ruxiyatini shaklantirish

3.2

1 oktyabr «Ustoz va murabbiylar kuni» ga bag‘ishlangan bayram dasturini o‘tkazish

2015 yil

oktyabr

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Ustoz va murabbiylar kasb bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun, erta tongdan musiqa sadolari ostida professor-o‘qituvchilar gullar bilan kutib olinadi. Kunning

ikkinchi yarmida bayram dasturi tashkil etiladi

Universitet professor-o‘qituvchilari va murabbiylariga bayramona kayfiyat ulashiladi. Talaba yoshlarda ustozlarga nisbatan hurmat-e’tibor hissi kuchaytiriladi

3.3

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan adabiy kecha o‘tkazish

2015 yil

oktyabr

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”, O‘zbek va rus tillari kafedrasi, kutubxona xodimlari

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan «Ona tilim jonu dilim» mavzusida tadbir o‘tkaziladi

Talabalarning ma’naviy-madaniy saloxiyatini oshirish va talabalarning sof o‘zbek tilini chuqur anglashiga erishiladi

3.4

Mexribonlik uylari, qariyalar uyida "Ezgu ishda birgamiz” loyihasi asosida xayriya tadbirlar o‘tkazish

2015 yil

dekabr,

 

2016 yil

yanvar

Qariyalar va mehri-bonlik uyi

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Universitetning iste’dodli talabalari ishtirokida bayram dasturini tuziladi va yuqori saviyada o‘tkaziladi

Qariyalar uyi va mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga bayram kayfiyatini ulashiladi

3.5

14 yanvar "Vatan himoyachilari kuni” ga bag‘ishlangan «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» bayram dasturi tashkil etish va unga harbiy kafedra talabalari va harbiy tavsiyanoma asosida o‘qiyotgan talabalarni jalb qilish

2016 yil

yanvar

TATU

Rektorat, "Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”, Kasaba uyushmasi, Harbiy kafedra

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» shiori ostida kontsert dasturi o‘tkaziladi.Avlodlar uchrashuvi tashkil etiladi va ularning ibratli hayoti, Vatan oldidagi xizmatlarni yoshlarga keng targ‘ib etiladi

Uchrashuv so‘ngida tashkil etilgan kontsert dasturidan talaba yigitlar ma’naviy ozuqa olishadi. Talabalarda vatanparvarlik xissi kuchaytiriladi

3.6

Alisher Navoiyning 573 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 532 yilligi munosabati bilan Navoiyxonlik va Boburxonlik kechalarini o‘tkazish

2016 yil

fevral

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Alisher Navoiyning 573 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 532 yilligiga bag‘ishlangan tanikli adib va shoirlar bilan davra suxbatlari o‘tkaziladi

Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiyoti xaqida talabalarni yana bir bor tanishtiriladi, she’riyatga bo‘lgan qiziqishlarini oshiriladi

3.7

Navro‘z umumxalq bayramini "Har yurakda navro‘z madhi” shiori ostida universitetda navro‘z sayli o‘tkazish

2016 yil

mart

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”, Kasaba uyushmasi

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan talaba-larning bahoriy kayfiyatlari-ni yanada ko‘tarish maqsadida bayram dasturi tayyorlanadi

Navro‘z umumhalq bayramini barcha fakul’tetlar va universitet miqyosida o‘tkaziladi

3.8

9 may "Xotira va qadrlash” kunida "xotira maydoniga”, «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyiga talabalarning tashriflarini uyushtirish, "Motamsaro ona xaykali” poyiga guldasta qo‘yish, qariyalarning xolidan xabar olish

2016 yil

may

Mustaqil-lik maydoni

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyiga talabalarning tashriflari uyushtiriladi

Qatag‘on qurbonlari xotirasini xotirlab ularni esga olib Vatan oldidagi xizmatlarini yoshlarga keng targ‘ib etiladi

3.9

Islom fundamentalizmi, terrorizm, diniy ekstremizm tushunchalari, g‘oyaviy monapulyatsiya va befarqlik, ularga nisbatan munosabatni shakllanti-rishga qaratilgan semenarlar o‘tkazish

Har chorakda bir marta

TATU Madaniyat saroyi va talabalar turar joylarida.

Rektorat , "Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Soha mutaxassislari ishtirokida ilmiy amaliy konferentsiya o‘tkazilib, turli xil diniy oqimlar mazmusi yoritiladi

Talabalarning sof diniy tushunchalarini shakllantirish orqali turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishning oldi olinadi

3.10

1-iyun "Halqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan mexribonlik uyi tarbiya-lanuvchilarini ko‘nglini ko‘tarish maqsadida talaba-lar ishtirokida tayorlangan bayram dasturi bilan tashrif uyushtirish hamda esdalik sovg‘alarini topshirish

2016 yil

iyun

Mehri-bonlik uylarida

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

1-iyun "Halqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayramini munosib nishonlash uchun stsenariy tuziladi. Homiylarni jalb qilish orqali esdalik sovg‘alari tayyorlanadi

Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ozgina bo‘lsada mehr ulashilib ko‘ngli ko‘tariladi

3.11

"Bitiruvchi-2015” bayram dasturini tashkillashtirish va diplomlarni topshirish marosimini o‘tkazish

2016 yil

iyul

TATU madaniyat saroyi

"Kamolot” YoIH BT

Sohaning yetuk mutaxassislari taklif etiladi. Bitiruvchi talabalarda mustaqil hayotga qadam qo‘yishda yo‘llanmalar beriladi

Bitiruvchi talabalarda «Talabalik oltin davr» hissini his qilishlari va jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topishiga erishiladi

3.12

Talabalarning radio hamda televideniyasi va «Turkiston», «Molodyoj Uzbekistana» gazetalari orqali chiqishlarini tashkil etish

2015-2016 o‘quv

yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Talabalarni "Kamolot” YoIX «Turkiston», «Molodyoj Uzbekistana» gazetalari orqali chiqishlarini va maqolalarini chop etilishini tashkil etiladi.

Talbalarni gazeta o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, "Kamolot” YoIX xayotida bo‘layotgan yangiliklar va yangi imkoniyatlar bilan tanishtirib boriladi

3.13

Yurtimizdagi ajdodlardan meros bo‘lib qolgan, boy madaniy va tarixiy obidalarni o‘rganish maqsadida ko‘xna shaharlarga tashriflar uyushtirish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”,

Kasaba uyushmasi

Yoshlardan sayyohlar guruxlarini tashkil etish va Respublikamizning Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlaridagi ziyoratgoxlarga sayyohatga olib borish

Talaba yoshlarning ongida kadriyatlarimizga bo‘lgan xurmatini oshirish va buyuk siymolarimizni yashab o‘tgan joylari bilan tanishtiriladi. Talabalarda yurtimizdagi boy madaniy va tarixiy obidalarni o‘rganish bo‘yicha ko‘nikma hosil bo‘ladi

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalish:

4.1

"Kamolot” stipediyasiga nomzodlarni maqsadli tayyorlash

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT

Talabalar orasidan bilimli va zukko talabalrni "Kamolot” stipendiyalariga nomzodlar tayyorlash.

Talaba yoshlarni ilm fanga bo‘lgan qiziqishlari oshadi. "Kamolot” YoIH faolitida talabalar safi kengayadi.

4.2

Bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha mehnat yarmarkalarini tashkil etish

2016 yil

aprel va may oylari

TATU

"Kamolot” YoIH BT, Marketing bo‘limi

Bitiruvchi kurs talabalari va korxona va tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi va ishga joylashish shartlari bilan talaba-yoshlar muntazam ravishda tanishtirib boriladi

Bitiruvchi talaba yoshlar ishga joylashishlari uchun sharoit yaratiladi.

4.3

"Bunyodkor 2015” yoshlar mehnat harakatini tashkil etish.

2016 yil

iyun va iyul oylari davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, Marketing bo‘limi

Talabalar orasidan bir guruh mehnat otryadlari tashkil etiladi va bunyodkorlik ishlariga jalb etiladi

Talabalarni mehnatsevarligi oshiriladi va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.

  1. Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar yo‘nalishi

5.1

Universitet fakultetlari o‘rtasida "Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining "Kamolot kubogi” turnirini o‘tkazish.

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

 

"Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining "Kamolot kubogi” turnirini universitet fakul-tetlari terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Talaba yoshlarni madaniy hordiq olishiga erishish, "Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining universitet terma jamoasi «Dovrug‘i Dunyoga Dostonlar» jamoasi tarkibiga yangi iste’dodli yoshlarni jalb kilish va «Toshkent shahar kubogi», «Mavsum chempionati» kubogi uyinlariga tayyorgarlik ko‘rish

5.2

"Zakovat” intelektual o‘yinlarining "Kamolot kubogi” turnirlarini o‘tkazish.

 

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”, Kasaba uyushmasi

Universitet talabalari o‘rtasida "Zakovat” intelektual turnirini o‘tkazish va universitet "Zakovat” terma jamosini tuzish

 

 

Talabalarni intelektual saloxiyatini oshirish, universitet "Zakovat” terma jamosini tarkibini yangilash va muntazam ravishda shug‘ulanib oliy uquv yurtlari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Zakovat” turnirida munosib ishtirok etish

5.3

Universitet talabalari yozgan maqola, she’r, asarlarini «Turkiston», «Molodyoj Uzbekistana» gazetalarida, jurnallarda chop etishga ko‘maklashish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”, Ilmiy bo‘lim

Talabalar yozgan maqola, she’r, asarlarini ommaviy axborot vositalari orkali chop etish va faoliyat davomida tug‘ilgan qiyinchiliklarni yengishga va hal qilishga ko‘maklashiladi

Talabalarni maqola, she’r, asarlar yozishga, kitobxonlikka qiziqtiriladi."Kamolot” YoIH ning nashrlari «Turkiston», «Malodyoj Uzbekistana» gazetalari va "Yosh kuch” jurnallarga obuna qilinadi

5.4

Universitetdagi iqtidorli talabalarni nomdor davlat stipendiyalari, grantlar va Respublika ko‘rik-tanlov-larga tizimli tayyorlash. Iqtidorli talabalarning ilmiy maqolalar, tezislar bilan Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”, Ilmiy bo‘lim

Iqtidorli talabalarning ilmiy maqolalar, tezislar bilan Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishiga ko‘maklashiladi

Talaba yoshlarning Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy kabi nomdor davlat stipendiyalari, Prezident stipendiyasi, grantlar va Respublika ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etuvchi talabalar soni va sifati ortadi. Ularning ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtiroki ortadi

5.5

Dasturiy ishlanmalar ko‘rgazmasi

25 noyabr 2015yil

TATU

K.Tashev

"Kamolot” YoIH b.t

Yosh dasturchilarning ishlarini namoyon etish

O‘qituvchi va talabalarning dasturlash dasturlashga keng jalb qilish va qiziqtirish orqali dasturlash bo‘yicha bilim va amaliy malakalarini oshirishga erishish

5.6

SAMSUNG va KOICA kompaniyalarini dasturlash bo‘yicha tanlovi

22 dekabr 2015 yil

TATU

Z.Xakimov

Halqaro bo‘lim,

"Kamolot” YoIH b.t

Yosh dasturchilarning ishlarini namoyon etish

O‘qituvchi va talabalarni dunyoning eng ilg‘or kompaniyalari bilan xamkorlikda dasturlash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga erishish

5.7

Eng yaxshi mobil ilovalar tanlovi

17 fevral 2016 yil

TATU

U.Xamdamov

"Kamolot” YoIH b.t

Universitetimiz o‘qituvchi va talabalarining olib borayotgan ishlanmalarini rag‘batlantirish

Talabalarning tanlovlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish

5.8

Chet tillarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun yaratilgan ilova va ishlanmalar tanlovi

5 mart 2016 yil

TATU

V.Gazieva fakultet dekanlari

Halqaro bo‘lim

"Kamolot” YoIH b.t

 

Talaba-yoshlarni chet-tillidagi ishlanmalarini namoyon etish

Yoshlarning chet tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish

5.9

Ta’limda innovatsion texnologiyalari ko‘rgazmasi

11mart 2016

TATU

F.Zakirova

"Kamolot” YoIH b.t

Yoshlarning qiziqishlari hamda bilim ko‘nikmalarini namoyon qilishga erishish

Yoshlarning qiziqishlari hamda bilim ko‘nikmalarini namoyon qilishga erishish

5.10

Madaniyat, ta’lim, sport, turizm va ma’naviy qadriyatlar yo‘nalishdagi eng yaxshi veb sayt va dasturiy ishlanma tanlovi

19 mart 2016 yil

TATU

E.Karimova

"Kamolot” YoIH b.t

Yoshlarning qiziqishlari hamda bilim ko‘nikmalarini namoyon qilishga erishish

Yoshlarning qiziqishlari hamda bilim ko‘nikmalarini namoyon qilishga erishish

5.11

Talabalarning foto va video ishlari yarmarkasi

23 mart 2016 yil

TATU

F.Nurallaev

"Kamolot” YoIH b.t

Talabalarning ishlarini ommoviy axborot vositalarida yoritish

Talabalarning ishlarini ommoviy axborot vositalarida yoritish

5.12

"Atrof muhit va biz” talabalarni innovatsion loyiha va ishlanmalari tanlovi

25 mart 2016 yil

TATU

I.Siddiqov "Kamolot” YoIH b.t

Yoshlarning yurtimizning ekologiyasiga o‘z xissalarini qo‘shish

Yoshlarning yurtimizning ekologiyasiga o‘z xissalarini qo‘shish

5.13

"O‘zbekiston intellektual avlodi” talabalarni innovatsion loyiha va g‘oyalarni ingliz tilidagi konferentsiyasi

15 aprel 2016 yil

TATU

V.Gazieva

"Kamolot” YoIH b.t

Talabalar bilan ko‘proq ishlash hamda ularning qiziqishlarini oshirish

Talabalarning intelektual saloxiyatini oshirish hamda qiziqishlari va bilim ko‘nikmalarini namoyon qilishga erishish

5.14

Dasturlash bo‘yicha onlayn olimpiada

11 may 2016 yil

TATU

Q.Raxmonov

(Informatika kafedra mudiri)

"Kamolot” YoIH b.t

Dasturlash tillarini biladigan talabalarni jaxon orenalariga olib chiqish

Yosh dasturchilarni dasturlashga keng jalb qilish va dasturlash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga erishish

5.15

Texnik va dasturiy ishlanmalar ko‘rgazmasi

20 oktyabr 2016 yil

 

TATU

D.Abdullaev

"Kamolot” YoIH b.t

O‘qituvchi va talabalarni yaratgan dasturiy ishlanmalarini yoritishga erishish

O‘qituvchi va talabalarni yaratgan dasturiy ishlanmalarini yoritishga erishish

5.16

Talabalarni biznes g‘oyalari va stratap loyihalari tanlovi

26 may 2016 yil

TATU

Sh.Turaev

"Kamolot” YoIH b.t

Talabalarni biznes loyixalariga jalb qilish

Respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishiga erishish

  1. Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo‘nalishi:

6.1

Universitet fakultet terma jamoalari o‘rtasida sportning mini-futbol turi buyicha "Kamolot kubogi” turnirlarini o‘tkazish

2015-2016 o‘quv yili davomida

Sport maydonida

"Kamolot” YoIH BT, Jismoniy tarbiya kafedrasi

 

Sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi va unga talabalar, professor-o‘qituvchilar jalb etiladi

Talabalarni darsdan bo‘sh vaqti mazmunli o‘tkaziladi va jismonan baquvvat bo‘lib voyaga yetishlariga sharoit yaratiladi

6.2

Universitet talaba yigit-qizlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi buyicha "Kamolot kubogi” musobaqalarini o‘tkazish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, Jismoniy tarbiya kafedrasi

 

Universitet talaba yigit-kizlarni musobaqaga keng jalb kilish stol tennisi buyicha "Kamolot kubogi” musobaqalarini o‘tkazish

Talaba yoshlarni o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib etiladi va sportga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortadi

6.3

Universitet fakultetlari o‘rtasida sportning shaxmat turi buyicha "Kamolot kubogi” musobaqasi o‘tkazish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”, Jismoniy tarbiya kafedrasi

 

Universitet talaba yoshlari va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan sport musobaqalari o‘tkazish

Talaba yoshlarda sog‘lom turmush tarzi falsafasi shakllanadi

6.4

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga oid turli xil uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish (taniqli sportchilar, mutaxassilarni jalb etgan holda)

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU kichik majlislar zali va talabalar turar joylarida

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”, Jismoniy tarbiya kafedrasi, Kasaba uyushasi, dekan muovinlari

Soha mutaxassislari va talabalar bilan talabalar uchrashuvi uyushtirilib, sog‘lom hayot tushunchalari mohiyati tushuntiriladi

Talabalar va sport usta-lari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ularning xayoti ijodiyoti bilan tanishtirish, talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.

6.5

Talabalarni giyohvandlik va OITS to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanish-tirish. Ushbu illatlarni oldini olishga qaratilgan seminarlar tashkil etish

Har chorakda bir marta

 

 

TATU

"Kamolot” YoIH BT

Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi, dekanatlar, Resbublika OITS Markazi mutaxassislari

Soha mutaxassislari va talabalar bilan talabalar uchrashuvi uyushtirilib, sog‘lom hayot tushunchalari mohiyati tushuntiriladi

Talaba yoshlar ongida sog‘lom hayot, sog‘lom turmush tarzini qanday tashkil etish tushunchalari tarkib topadi

6.6

Universitet hududi va talabalar turar joyida ekologik muhitni yaxshilash uchun talabalar bilan xasharlar o‘tkazish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”,

fakultet yetakchilari

Talabalarni universitet va TTJ miqyosida o‘tkaziladigan hasharlarga jalb qilinadi

Talabalarda atrof-muhitga ozodalik bilan munosabatda bo‘lish tushunchasi hamda mehnat tarbiyasi shakllanadi

  1. Muddatli harbiy hizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi:

7.1

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalarning elektron bazasini shakllantirish

sentyabr, oktyabr oylarida

TATU

"Kamolot” YoIH BT va fakultet Kengashlari

Talabalarning anketa va arizalari qabul qilinadi va MS Excel dasturida baza yaratiladi

Ma’lumotlar bazasida har bir talabaning shaxsiy ma’lumotlari shakllantiriladi

7.2

Guruh yetakchilari hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish

sentyabr

TATU

"Kamolot” YoIH BT va fakultet Kengashlari

Har bir fakultetning murabbiylik soatlari davomida gurux yetakchilari saylanadi

Guruhda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha ishlarda BT ga yaqindan yordam beradigan yetakchilar saylab olinadi

7.3

Fakultet yetakchilari hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish

sentyabr

TATU

"Kamolot” YoIH BT va fakultet Kengashlari

Har bir fakultetning fakultet yetakchilari delegatlar tomonidan saylanadi

Fakultetda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha ishlarda BT ga yaqindan yordam beradigan yetakchilar saylab olinadi.

7.4

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalarning kontrak summasining 35 % ini moddiy qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish

2016 yil

fevral

TATU

"Kamolot” YoIH BT

"Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga to‘lov shartnoma asosida qabul qilingan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga asosan ish tashkil etiladi

Talabalarning umumiy kontrakt summalarini 35 % i to‘lab beriladi

  1. Matbuot yo‘nalishi:

8.1

Universitet talabalari yozgan maqola, she’r, asarlarini «Turkiston», «Molodyoj Uzbekistana» gazetalarida, jurnaldarida chop etishga ko‘maklashish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT, "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”, Ilmiy bo‘lim

Talabalar yozgan maqola, she’r, asarlarini ommaviy axborot vositalari orkali chop etish va faoliyat davomida tug‘ilgan qiyinchiliklarni yengishga va hal qilishga ko‘maklashiladi

Talabalarni maqola, she’r, asarlar yozishga, kitobxonlikka qiziqtiriladi. «Turkiston», «Malodyoj Uzbekistana» gazetalari va "Yosh kuch” jurnallarga obuna qilinadi

8.2

Iqtidorli talaba-yoshlarni iste’dodlarini yuzaga chiqarish va OAV orqali chiqishlarida ko‘maklashish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT

Talaba-yoshlarni "Kamolot-info”, "Yoshlar bilan yuzma-yuz” kabi ko‘rsatuvlarda chiqish-larida ko‘maklashiladi

Talaba-yoshlarning erkin fikrlash qobiliyati va nutq madaniyati shakllantiriladi

8.3

Universitetning e’lonlar taxtasi va devoriy gazetalarini to‘g‘ri tashkil etilishini nazorat qilish va yangilab borish

2015-2016 o‘quv yili davomida

TATU

"Kamolot” YoIH BT "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”

Tadbir va ko‘rik-tanlovlar haqidagi ma’lumotlar, e’lonlar devoriy gazetelar va stendlarda yoritib boriladi

Talabalarning o‘z vaqtida yangiliklar va e’lonlardan boxabar bo‘lib borishiga erishiladi


O‘zbekiston "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining DASTURI

O‘zbekiston "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti NIZOMI

O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash QOIDALARI