Innovatsion hamkorlik markazi

Fan, ta`lim va ishlab chiqarishda innovatsion hamkorlik markazi

bo'lim boshlig’i

Sayfiev Jasurbek Fazlidinovich 

Qabul vaqti: Seshanba – Payshanba (14:00-16:00)
Telefon: (0 371) 238-64-57

Fan, ta`lim va ishlab chiqarishda innovatsion hamkorlik markazining(markaz) asosiy maqsadi universitetda ishlab chiqarish tashkilotlari bilan o`zaro hamkorlikni  rivojlantirish, ularda universitetda amalga oshirilayotgan istiqbolli innovatsion texnologiyalarni joriy etish va transfer etishdan iboratdir. Shuningdek, universitetda istiqbolli ilmiy – texnik yo`nalishlar boyicha innovatsion loyihalar tematikasini shakllantirish, ishlab chiqarish tashkilotlari bilan kelishgan holda ularning ilmiy-texnik va texnologik muammolarni chet elning ilg`or tajribalari asosida hal qilish, universitetda ta`lim olayotgan talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish, yosh ilmiy izlanuvchilarning istiqbolli ilmiy tadqiqotlarini qo`llab quvvatlash uchun etarli shart-sharoitlar yaratib berish markazning  maqsadi hisoblanadi.                                                                                                                               Yuqoridagilarni inobatga olgan holda markaz oldida qo`yilgan vazifalar quyidagilardan iboratdir:

1.  Ta`lim, ilmiy-innovatsion, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa faoliyatlarni universitetning professor-o`qituvchilari, talabalari, ilmiy xodimlari va mustaqil izlanuvchilarini jalb qilgan holda rivojlantirish;

2. Universitet professor-o`qituvchilari, talabalari tomonidan olingan ilmiy-innovatsion natijalarni ishlab chiqarishning turli tarmoqlariga joriy etish boyicha ularga amaliy yordam berish, tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishga yordam berish;

3.   Kafedralar qoshida tashkil etilgan innovatsion guruhlar faoliyatini monitoring qilish;

4.   Innovatsion yarmarkalarda universitet professor-o`qituvchilari, talabalari va ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar namoyishini tashkillashtirish, ommaviy-axborot vositalarda universitetda yaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar haqida materiallar taqdim etish.