Ko'p beriladigan savollar

Ushbu sahifada Abiturientlar tomonidan eng ko'p beriladigan savollar bilan tanishing. Yangi savol qoldirish uchun On-layn murojaat sahifasida universitet mamuryatiga savol qoldirishingiz mumkin.

Abiturientlar

TATU qabul komissiyasiga qanday hujjatlar talab qilinadi?

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.


Maxsus sirtqi bo‘limlarga o'qishga kiruvchilardan qo'shimcha ravishda qanday hujjatlar talab qilinadi?

Maxsus sirtqi bo‘limlarga o'qishga kiruvchilardan qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham talab qilinadi:
  • ish joyidan tavsiyanoma xat;
  • mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;