The Technology of Mail Communication

Kafedra mudiri:

Bazarov Furkat Odilovich., i.f.n., dotsent

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00)
Telefon: (0 371) 238-65-96, 238-64-51

Kafedra tarixi

“Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasi 1999 yilda “Pochta xizmatini avtomatlashtirish” nomi bilan tashkil etilgan. Kafedrani tashkil etishda, o’quv rejalari, fanlar namunaviy dasturlarni yaratishda,mutaxassislik fanlari buyicha adabiyotlar bilan ta’minlashda va kompyuterlar bilan jixozlangan sinfni yaratishda uning birinchi mudiri katta o’qituvchi R.G.SHegayning (1999-2003 yy. rahbarlik qilgan) xizmatlari katta bo’ldi.

U “O’zbekiston pochtasi” DAK va uning joylardagi filiallari bilan yaxshi aloqalar o’rnatdi. 2003 yildan 2005 yilgacha kafedraga pochta xizmati korxonalarida ish tajribasiga ega bo’lgan, texnika fanlari doktori, professor N.A.Mo’minov mudirlik qildi. 2005-2008 yillarda kaferdani f.m.f.n., dotsent G’.Ibragimov boshqardi.

Kafedra “Pochta aloqasi texnologiyasi” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 2003 yilda kafedraning birinchi bitiruv tarkibida 37 bakalavralar bo’lgan. 2016 yilda kafedra 72 bakalavrlar tayyorlagan.

2008 yildan kafedrani texnika fanlari nomzodi, dotsent M.M.Maxmudov boshqardi. SHu davr ichida kafedrada kompyuter sinfni jihozlash, namunali pochta bo’limin tashkil qilish hamda “O’zbekiston pochtasi” AJ mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil qilish bo’yicha katta hajmda ishlar qilindi. 2009 yilda Ilmiy-texnik va marketingtadqiqotlar markazi direktorining 2009 yil 20 mart 73-K bo’yrug’iga binoan kafedraning katta o’qituvchisi E.T.Ishdavletova, A.S.Popov nomli Odessa milliy aloqa akademiyasi qoshidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarda tahsil oldi.

2013 yilda kafedra Moskva informatika va aloqa kolleji hamda Minsk oliy davlat aloqa kolleji bilan tajriba almashish bo’yicha xalqaro munosabatlar o’rnatildi. Hamkorlik natijasida “Pochta aloqasi texnologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha chet el mualliflarining o’quv qo’llanmalar olingan va kafedra o’qituvchilari xalqaro konferentsiyalarida ishtiroki ta’minlangan.

2013 yil sentyabr oyidan “Pochta xizmatini avtomatlashtirish” kafedrasi nomi o’zgartirildi va hozirda “Pochta aloqasi texnologiyasi” deb nomlanadi.

2013 yildan hozirgi vaqtgacha kafedraga iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Bazarov Furqat Odilovich rahbarlik qilmoqda. SHu yillar mobaynida bakalavriatning ta’lim yo’nalishi 5350500 – Pochta aloqasi texnologiyasi hamda 5A350501 – Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi magistratura mutaxassisligi uchun yangi Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi. Kafedra tomonida “O’zbekiston pochtasi” AJ hamda DUK “Unicon.uz” bilan hamkorlikda xo’jalik shartnomlar asosida ishlar olib borilmoqda.

Kafedra tanlovda qatnashib Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining 2015-2017 yillarga mo’ljallangan 35 mln. so’mlik amaliy tadqiqot granti ustida ish olib borilmoqda.

Toshkent aloqa kasb-xunar kolleji va axborot texnologiyalari akademik litseyida kafedra o’qituvchilari tomonidan “Pochta aloqasi texnologiyasi” yo’nalish bo’yicha tahsil olayotgan o’quvchilar uchun muammoli ma’ruzalar o’tqazilmoqda.

Kafedra o’qituvchilari kafedra ilmiy mavzusi bilan bog’liq muammolarga bag’ishlangan seminarlar hamda xalqaro, respublika ilmiy-texnik va ilmiy-metodik konferentsiyalarda ishtirok etib kelmoqda. Bundan tashqari, kafedra o’qituvchilari maxsus va ilmiy-ommabop jurnallarda ilmiy maqolalar muntazam ravishda chop etilmoqda.

Bakalavriat

5350500

Pochta aloqasi texnologiyasi

Magistratura

5A350501

Pochta aloqasini tashkil etish va texnologiyasi

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Pochta aloqasida xavfsizlik va sifat
  • Pochta aloqasini avtomatlashtirish
  • Logistika asoslari
  • Trasport tizimlarida logistika
  • Pochta xizmati reglamenti
  • Biznes jarayonlari va elektron xujjat aylanish tizimi
  • Logistikaning iqtisodiy va matematik usullari
  • Zamonaviy pochta aloqasi
  • Xizmatlar sohasida logistika
  • Pochta aloqasida marketing
  • Bank xizmatida tijorat faoliyati va asoslari
  • Logistika markazlarini loyihalashtirish
  • Inson resurslari boshkaruvi
  • Sug’urta
  • Axborot resurslarini boshqarish

Magistratura

  • Pochta aloqasida marketing-logistika
  • Sifat boshqaruv tizimlarini loyihalashtirish
  • Loyihalashtirish va boshqaruvning integratsiyalashgan tizimlari
  • Pochta aloqasida IT-menejment
  • Pochta aloqasida innovatsion texnologiyalar
  • Xalqaro pochta aloqalari

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Bazarov Furqat Odilovich
  • Alimova Nargiza Rustamovna
  • Jo‘raev Lazizjon Norovich
  • Ishdavletova Emma Talgatovna
  • Kudryavtseva Lyubov Vasilevna
  • Ma’murov Baxtiyor Xolmatjanovich
  • Xudoyberdiev Raxmatilla Fozilliddinovich
  • Mamatqulov G‘ulom Rustamovich
  • Ismailov Xusanboy Maxammadqosim o’g’li

Kafedraning ilmiy uslubiy ishlari

  • Kudryavtseva L.V. – 2-kurslar uchun o’quv-tanishuv amaliyoti uchun o’quv-uslubiy qo’llanma;
  • Ishdavletova E.T. – 4-kurslar uchun bitiruv oldi amaliyoti uchun o’quv-uslubiy ko’rsatma;
  • Muxitdinov X.A., Sobirov A.A. – “Ishlab chiqarishni tashkil etish va personalni boshqarish” fanidan o’quv qo’llanma;
  • Bazarov F.O., Alimova N.R. – “Logistika asoslari” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma;
  • Bazarov F.O., Ma’murov B.X. – 4-kurslar uchun bitiruv oldi amaliyoti hisobotini tayyorlash bo’yicha o’quv-uslubiy ko’rsatma;
  • Ma’murov B.X. – “Ishlab chiqarish tashkili va personalni boshqarish” fanidan o’quv-uslubiy ko’rsatma;
  • Ma’murov B.X. – “Raxbarlik qobiliyatini shakllantirish” fanidan o’quv-uslubiy ko’rsatma;
  • Bazarov F.O., Alimova N.R. – “Inson resurslarini boshqarish” fanidan o’quv qo’llanma;
  • Bazarov F.O. va boshqalar – “O’zbekistonda axborot jamiyatini shakllanishi: xorijiy tajriba, tendentsiyalar va istiqbollari” monografiya;
  • Bazarov F.O. va boshqalar – “Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendentsiyalari va qonuniyatlari” monografiya;
  • Bazarov F.O. va boshqalar – “Innovatsion menejment” nomli o’quv qo’llanma;
  • Bazarov F.O., N.R.Alimova – “Biznes jarayonlari va elektron xujjat aylanish tizimi” nomli o’quv qo’llanmalar yaratildi.

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari

  • "O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan xamkorlikda "Xalqaro jo‘natmalari yo‘nalishlari rejasini tuzishda avtomatlashtirish” mavzusida 17,0 mln. so‘mlik (shartnoma № 22/13) va "AJ "O‘zbekiston pochtasi” 250 pochta aloqa bo‘limlari uchun VPN kanallarni tashkil etish” mavzusida 16,176mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomasi (shartnoma № 08/12) amalga oshirilmoqda.
  • "O‘zbekiston iqtisodiyotining lizing xizmati sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish” mavzusida 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan 35 mln. so‘mlik ID 1846 PZ 2014-0911170408 granti ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda;
  • "Pochta xavfsizligi” fanidan 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan 15 mln. so‘mlik elektron darslik ustida xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.
  • "O'zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida 2016-2018 yillarga mo’ljallangan 80.0 mln. so’mlik amaliy loyiha ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.