TATUning horijlik “Faxriy doktori”

  • Asosiy
  • TATUning horijlik “Faxriy doktori”

Koreya Respublikasining Kookmin universiteti delegatsiyasining TATUga tashrifi doirasida Kookmin universitetining kuzatuv kengashi raisi Dr.Jiyong Kimga TATU hamda KMU o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yuqori malakali IT mutaxasssislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yishda qo‘shgan hissasi uchun universitet tarixida ilk bor, TATU “Faxriy doktori” unvoni taqdim etildi.

✅ Mazkur yuksak mukofot O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari R.Karimjonov tomonidan taqdim etildi.

🗒 Ushbu oliy unvon Dr. Jiyong Kimga TATU va Kookmin universitetlari o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlik aloqalarini yanada samarali tashkil etishga hamda hamkorlikning yangi bosqichiga olib chiqishga ko‘maklashadi.