Kiberxavfsizlik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 25 yanvardagi yig‘ilishining 5-son bayoni bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil I yarim yilligi ish rejasining 10-bandiga muvofiq belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda vazirlik tomonidan TATUda “Axborot xavfsizligi” fakulteti va fakultet qoshidagi mutaxassislik kafedralarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish yuzasidan, shuningdek, TATUda “Axborot xavfsizligi” fakultetini tashkil etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyasi xavfsizligi masalalari bo‘yicha Texnik kengashning majlisining 2016 yil 18 iyuldagi 3-son bayonini va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2016 yil 29 avgustdagi 1(661)-son Kengashining universitet tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘yicha Qarori asosida “Kompyuter injiniringi” fakulteti tarkibidagi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi “Axborot xavfsizligi” fakulteti tarkibiga o‘tkazildi, hamda uning negizida “Axborot xavfsizligini ta’minlash” va “Kriptologiya va diskret matematika” kafedralari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4751-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4851-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 24 – sentabrdagi 33-8/6733 – son xati va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 30 sentabr 2021 yildagi №995 sonli buyrug‘i bilan “Axborot xavfsizligi” fakulteti “Kiberxvfsizlik” fakultetiga o‘zgartirildi.

Fakultet ma’muriyati:

Kiberxavfsizlik fakulteti dekani

G‘ulomov Sherzod Rajaboyevich

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:30 gacha)
Telefon: (+99871) 238-65-39

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Berdiboyev Oltinboy Abdiboqi o‘g‘li

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: (+99871) 238-65-59

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Shukurov Orziqul Pardayevich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: (+99871) 238-65-59

Fakultetning bakalavriatura yo‘nalishlari

5330300 (60610300)

Axborot xavfsizligi  (sohalar bo‘yicha)

5331100 (60612100)

Kiberxavfsizlik injiniringi

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari

70610302

Axborot xavfsizligi

70610301

Kriptografiya va kriptoanaliz

70611004

Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi